https://oz.sputniknews.uz/20230720/putin-don-kelishuv-tiklash-shart-37005527.html
Putin don kelishuvini tiklash bo‘yicha shartlarni ma’lum qildi
Putin don kelishuvini tiklash bo‘yicha shartlarni ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti: Rossiya agar barcha shartlarni qanoatlantiriladigan bo‘lsa, don bitimini qayta tiklash masalalarini ko‘rib chiqadi.
2023-07-20T11:02+0500
2023-07-20T11:02+0500
2023-07-20T12:42+0500
rossiya
vladimir putin
don bitimi
ukraina
bmt
sanksiyalar
turkiya
oziq-ovqat
eksport
qora dengiz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/13/39110128_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_2e5c6ff748d6f6b3cff3c6d57e0f6054.jpg
TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Don bitimining oldin qanday bo‘lsa, shunday davom etishi har qanday mohiyatini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Rossiyaga don bitimi doirasida SWIFT tizimlariga ulash va’dalari emas, harakatlar kerak, deydi u.Uning so‘zlariga ko‘ra, talablar orasida - Rossiyaning don ta’minoti va o‘g‘itlarining jahon bozorlariga nisbatan sanksiyalaridan voz kechish, qishloq xo‘jaligi texnikalari va Rossiyaga o‘g‘it ishlab chiqarish sohasi uchun ehtiyot va butlovchi qismlarning qayta tiklanishi ham bor. Jumladan, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kemalari va RF eksport ta’minotlari sug‘urtalanishi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta tiklab, Rossiyadan va ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo o‘g‘itlarini sotish bilan bog‘liq masalalar hal qilinishi kerak.“Vanihoyat, Rossiyaning bitimga qaytish uchun asosiy sharti - uning asl gumanitar mohiyatini qayta tiklash. Mana aytib o‘tilgan shartlarning barchasi bajarilganda, darvoqe bu shartlarni o‘zim topmadim, bajarilgandayoq biz bu bitimga qaytamiz”, - deydi Putin.Ma’lumot uchun, 2022-yil 22-iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz tashabbusi Ukraina g‘allasini, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali eksport qilishni nazarda tutgan edi.Bu paket bitimining bir qismi edi. Ikkinchi qism, uch yillik Rossiya-BMT memorandumi, Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘it eksportini blokirovka qilishni, "Rosselxozbank"ni SWIFT tizimiga qayta ulashni, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlarini yetkazib berishni qayta tiklashni, Tolyatti-Odessa ammiak quvuri faoliyatini qayta tiklashni nazarda tutgan edi. Lekin keyinchalik shartnomaning Rossiyaga tegishli qismi nafaqat bajarilmay qoldi, balkim ammiak quvurining Ukraina hududidan o‘tgan qismi portlatib yuborildi.Qora dengiz tashabbusini amalga oshirish 18-iyul kuni to‘xtatildi.
ukraina
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/13/39110128_251:0:2980:2047_1920x0_80_0_0_7c539fee0b9e85cb05b952134338cda0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya vladimir putin don bitimi
rossiya vladimir putin don bitimi
Putin don kelishuvini tiklash bo‘yicha shartlarni ma’lum qildi
11:02 20.07.2023 (yangilandi: 12:42 20.07.2023) Rossiya prezidenti: Rossiya agar barcha shartlarni qanoatlantiriladigan bo‘lsa, don bitimini qayta tiklash masalalarini ko‘rib chiqadi.
TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Don bitimining oldin qanday bo‘lsa, shunday davom etishi har qanday mohiyatini yo‘qotdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. “Don bitimining qanday bo‘lsa, shunday davom etishi o‘z mohiyatini yo‘qotdi. Mana nega biz bu kelishuvning uzaytirilishiga qarshi chiqdik”, - dedi Putin hukumat a’zolari bilan bo‘lgan yig‘ilishda.
Rossiyaga don bitimi doirasida SWIFT tizimlariga ulash va’dalari emas, harakatlar kerak, deydi u.
“Oziq-ovqat va o‘g‘itlarni yetkazib berishga xizmat qiluvchi Rossiya banklari, moliya institutlarining barchasidan to‘siqlar olib tashlanishi kerak. Shu bilan birga ularning kechiktirilmagan tarzda xalqaro bank hisob-kitob tizimi SWIFT ga ulash haqida ham so‘z ketmoqda. Bizga bu borada qandaydir va’dalar yoki g‘oyalar kerak emas. Bizga bu shartlarning amalda bajarilishi kerak”, - deya ta’kidlaydi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, talablar orasida - Rossiyaning don ta’minoti va o‘g‘itlarining jahon bozorlariga nisbatan sanksiyalaridan voz kechish, qishloq xo‘jaligi texnikalari va Rossiyaga o‘g‘it ishlab chiqarish sohasi uchun ehtiyot va butlovchi qismlarning qayta tiklanishi ham bor. Jumladan, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya kemalari va RF eksport ta’minotlari sug‘urtalanishi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta tiklab, Rossiyadan va ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo o‘g‘itlarini sotish bilan bog‘liq masalalar hal qilinishi kerak.
“Shu bilan birga Kiyev rejimining buyrug‘i bilan portlatilgan, yo‘q qilingan “Tolyatti-Odessa” ammiak quvuri ishi qayta tiklanishi shart. Qishloq xo‘jaligi sanoati bilan bog‘liq bo‘lgan Rossiya aktivlari blokdan chiqarilishi kerak”, - deydi Rossiya rahbari.
“Vanihoyat, Rossiyaning bitimga qaytish uchun asosiy sharti - uning asl gumanitar mohiyatini qayta tiklash. Mana aytib o‘tilgan shartlarning barchasi bajarilganda, darvoqe bu shartlarni o‘zim topmadim, bajarilgandayoq biz bu bitimga qaytamiz”, - deydi Putin.
“Ta’kidlamoqchimanki, biz don bitimining o‘ziga qarshi emasmiz. Qolaversa, uning oziq-ovqat bozoridagi ahamiyatini hisobga olganda... Shubhasiz, unga qaytish imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz, faqat bir shart bilan – Rossiyaning bu bitimdagi ishtiroki prinsiplari aynan hech qanday istisnolarsiz hisobga olinsa, asosiysi, amalga oshirilsa”, - deydi Rossiya rahbari.
Ma’lumot uchun, 2022-yil 22-iyulda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz tashabbusi Ukraina g‘allasini, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali eksport qilishni nazarda tutgan edi.
Bu paket bitimining bir qismi edi. Ikkinchi qism, uch yillik Rossiya-BMT memorandumi, Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘it eksportini blokirovka qilishni, "Rosselxozbank"ni SWIFT tizimiga qayta ulashni, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlarini yetkazib berishni qayta tiklashni, Tolyatti-Odessa ammiak quvuri faoliyatini qayta tiklashni nazarda tutgan edi. Lekin keyinchalik shartnomaning Rossiyaga tegishli qismi nafaqat bajarilmay qoldi, balkim ammiak quvurining Ukraina hududidan o‘tgan qismi portlatib yuborildi.
Qora dengiz tashabbusini amalga oshirish 18-iyul kuni to‘xtatildi.