Daniyada bir kunda ikkinchi marta Qur’on yoqib yuborildi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishQur’on kitobi, arxiv surat
Qur’on kitobi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2023
Obuna bo‘lish
Bir kun avval “Daniyalik vatanparvarlar”ning ikki vakili Iroq diplomatik vakolatxonasi binosi oldida Qur’onga o‘t qo‘ygandi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. “Daniyalik vatanparvarlar” radikal guruhi Kopengagenda Qur’onni yoqish bilan bir kunda ikkinchi marta aksiya o‘tkazdi, jonli efir ijtimoiy tarmoqlardan birida olib borildi.
25 iyul kuni “Reuters” agentligi mazkur uyushmaning besh a’zosi Misr diplomatik missiyasi yaqinida muqaddas kitobni yoqib yuborganini xabar qildi.
Ikkinchi aksiya Turkiya elchixonasi yaqinida bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, bir kun avval “Daniyalik vatanparvarlar”ning ikki vakili Iroq diplomatik vakolatxonasi binosi oldida Qur’onga o‘t qo‘ygan.
Iyun oyi oxirida Stokgolmda Qurbon hayitini nishonlash chog‘ida Qur’onni tahqirlash va yoqish bilan aksiya bo‘lib o‘tgan. Aksiyani iroqlik Salvan Momika uyushtirgan. Bu musulmonlar dunyosida g‘azab to‘lqinini keltirib chiqargan, Jazoir, Afg‘oniston, Misr, Indoneziya, Livan, Suriya, Turkiya, O‘zbekiston va boshqa davlatlar tomonidan qoralangan.
Rossiya TIV ushbu hodisa ishtirokchilarining jazosiz qolishi kutilmagan halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Vladimir Putin Derbentdagi Juma masjidiga tashrifi chog‘ida Rossiyada Qur’onga hurmatsizlik jinoyat sanalishi va mamlakat bu qonunchilik qoidalariga doimo amal qilishini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi.
Prazdnovanie Kurban-bayrama v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
BMT kengashi Qur’onni tahqirlashni qoraladi
Yangiliklar lentasi
0