BMT kengashi Qur’onni tahqirlashni qoraladi

© Sputnik / Denis Abramov / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Kurban-bayrama v regionax Rossii
Prazdnovanie Kurban-bayrama v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
Hujjatni yoqlab, jumladan, O‘zbekiston ovoz bergan.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Inson huquqlari kengashi Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni yoqib yuborishni qoralovchi rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Kengash so‘nggi paytlarda ommaviy ravishda va qasddan sodir etilayotgan Qur’oni Karimni tahqirlash harakatlarini qoralaydi va qat’iyan rad etadi hamda diniy adovat qo‘zg‘ayotgan ushbu shaxslarni davlatlarning xalqaro inson huquqlaridan kelib chiqadigan qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortish zarurligini ta’kidlaydi”, — deyiladi rezolyutsiyada.
Hujjatni yoqlab 28 ta davlat ovoz bergan, 12 ta davlat qarshi chiqqan. 7 ta davlat esa betaraf qolgan. Rezolyutsiyani qo‘llagan mamlakatlar orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Jazoir, Argentina, Xitoy, Hindiston, Kuba va JAR kabi mamlakatlar bor. Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kosta-Rika, Litva, Lyuksemburg, Ruminiya, AQSh, Finlyandiya, Fransiya, Chernogoriya, Chexiya qarshi ovoz bergan.
BMT davlatlarni diniy adovat va zo‘ravonlikni qo‘zg‘atuvchi harakatlar uchun javobgarlikka tortishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan qonunlaridagi bo‘shliqlarni aniqlab, ularni qo‘llash tizimini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kandidat v prezidenti ot partii Liberalno-demokraticheskaya partiya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2023
Qur’oni karimni yoqib yuborishdek yovuz harakatlarni keskin qoralaymiz – Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0