14 kun davomida 23 ta sport turi bo‘yicha 203 ta medallar to‘plami o‘ynalgan. 36 ta mamlakat sportchilari Olimpiada medallarini qo‘lga kiritishgan. Moskvadagi Olimpiadada 74 ta Olimpiada, 39 ta Yevropa va 36 ta jahon rekordlari o‘rnatilgan. O‘zbekiston SSRdan bo‘lgan o‘ttiz nafar sportchi uyga medallar bilan qaytgan - bu katta muvaffaqiyat edi.
Bundan 43-yil oldin 1980-yilning 19-iyul kuni XXII Moskva Olimpadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
14 kun davomida 23 ta sport turi bo‘yicha 203 ta medallar to‘plami o‘ynalgan. 36 ta mamlakat sportchilari Olimpiada medallarini qo‘lga kiritishgan. Moskvadagi Olimpiadada 74 ta Olimpiada, 39 ta Yevropa va 36 ta jahon rekordlari o‘rnatilgan. O‘zbekiston SSRdan bo‘lgan o‘ttiz nafar sportchi uyga medallar bilan qaytgan - bu katta muvaffaqiyat edi.
O‘zbekistonlik shtangachi Sulton Rahmonov. Moskva Olimpiadasida sportchi siltab ko‘tarishda 195 kg, dast ko‘tarishda esa 245 kg natijaga erishgan. Rahmonov faoliyati davomida 14 ta milliy, 2 ta jahon, 5 ta butunittifoq rekordini o‘rnatgan. Ginnessning rekordlar kitobiga sayyoradagi eng kuchli inson sifatida kiritilgan.
Murabiy Miriman Kim va uning shogirdlari — andijonlik xokkeychilar: Alina Xam, Leyla Axmerova, Nelli Gorbatkova va Valentina Zazdravnix. Ular SSSRning chim ustidagi xokkey jamoasi tarkibida Moskva Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritishgan.