Tarixiy sana: Moskva Olimpiadasi qanday o‘tgan edi — video

Obuna bo‘lish
Bundan 43-yil oldin bo‘lib o‘tgan Moskva Olimpiada o‘yinlarida 74 ta Olimpiya, 36 ta jahon va 39 ta Yevropa rekordlari o‘rnatilgan edi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Bundan 43-yil oldin 1980-yilning 19-iyul kuni XXII Moskva Olimpadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
Unda sportchilar 14 kun davomida 23 ta sport turi bo‘yicha 203 juft medallar uchun kurashishgan. O‘yinlar ramzi sifatida Mishka ayiqchasi tanlangan.
Medallar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni SSSR, ikkinchi o‘rinni – GDR va uchinchi o‘rinni Bolgariya egallagan.
AQSh va yana ayrim davlatlar ushbu O‘yinlarda ishtirok etishdan voz kechgan bo‘lsa-da, o‘z sportchilariga Olimpiya bayrog‘i ostida musobaqalarda qatnashishiga to‘sqinlik qilmagan.
Moskva Olimpiadasi yakunida 74 ta Olimpiya, 36 ta jahon va 39 ta Yevropa rekordlari o‘rnatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0