Ko‘chmas mulk bozori o‘smoqda — qaysi hududda uylar narxi eng ko‘p oshgan?

© SputnikTashkent
Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Obuna bo‘lish
Namangan va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida uy-joy narxining sezilarli o‘sishi qayd etildi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida oldi-sotdi bo‘yicha bitimlar soni 3,9 foizga o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Aytilishicha, shu yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulkni oldi-sotdi bo‘yicha bitimlar soni deyarli 131 mingtani tashkil etib, yillik o‘sish 3,9%ga oshdi. Shu bilan birga, 2-chorakda sotuvlar 5 foizga o‘sdi va 69 ming bitimdan oshdi.
Iyun oyida ko‘chmas mulk bozori faolikning pasayishi bilan ajralib turadi. Xususan, oylik sotuvlar may oyida sezilarli o‘sishdan keyin 7,7%ga kamaydi. Ko‘chmas mulk bo‘lgan turar-joy oldi-sotdi shartnomalari soni may oyidagi 25,5 mingtaga nisbatan 23,6 mingtani tashkil etdi.
Shuningdek, yil boshida ijara haqining 20%dan ortiq pasayishi bir vaqtning o‘zida poytaxtning uchta hududida qayd etildi.
Ijara haqi pasaygan tumanlar:
Olmazor -26%
Shayxontohur – 24%
Bektemir – 22%.
Iyun oyida ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy narxining o‘sish sur’ati sekinlashdi. Agar may oyida 1 kv.m. uchun uy-joyning o‘rtacha narxining oshishi 2,5% tashkil etgan bo‘lsa, iyun oyida "ikkilamchi uy-joy" narxi atigi 0,8%ga oshdi.
Joriy davrni o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda ikkilamchi ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi 22%dan oshdi.
Quyidagi hududlarda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi qayd etildi:
Namangan viloyati – 34,9%
Toshkent viloyati – 29,4%
Toshkent shahri – 30,4%
Eslatib o‘tamiz, respublikada joriy yil fevral oyida ikkilamchi uy-joy bozorida 1 kv.m. uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi oyiga 4,5%ni tashkil etib, 2022 yil fevral oyiga nisbatan 23,1%ga o‘sgan edi.
Yangiliklar lentasi
0