Qur’oni karimni yoqib yuborishdek yovuz harakatlarni keskin qoralaymiz – Mirziyoyev

© uzlidep.uzShavkat Miromonovich Mirziyoyev kandidat v prezidenti ot partii Liberalno-demokraticheskaya partiya Uzbekistana
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kandidat v prezidenti ot partii Liberalno-demokraticheskaya partiya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyovning so‘zlariga ko‘ra, yer yuzidagi millionlab insonlarning dinu diyonati, ezgu hissiyotlarini haqorat qiladigan bunday holatlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Amaldagi O‘zbekiston prezidenti va prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi chog‘ida Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi.
“Ayni vaqtda biz radikalizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlariga, turli millat va xalqlarning diniy qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatishga mutlaqo qarshimiz. Jumladan, yaqinda Shvetsiyada sodir etilgan, muqaddas Qur’oni karimni yoqib yuborishdek yovuz harakatlarni keskin qoralaymiz”, - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, yer yuzidagi millionlab insonlarning dinu diyonati, ezgu hissiyotlarini haqorat qiladigan bunday holatlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Shvetsiyadagi Qur’on bilan bog‘liq voqea

28 iyun kuni Shvetsiya poytaxtida politsiya ruxsati bilan Qurbon hayitining birinchi kunida Qur’onni yoqish aksiyasi bo‘lib o‘tgan edi.
Marokash hukumati norozilik ramzi sifatida Stokgolmdagi elchisini chaqirib oldi. Saudiya Arabistoni, Indoneziya, BAA, Jazoir, Qatar, Bahrayn, Iroq, Iordaniya, Misr, Pokiston, Turkiya kabi mamlakatlar bu xatti-harakatni qattiq qoralashdi.
Eron Shvetsiya tomonidan Qur’onni yoqishga ruxsat berilishini ekstremizm va islomofobiyani qo‘llash sifatida ko‘rishini ma’lum qildi.
Malayziya Shvetsiyani Qur’onni yoqayotganlarga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi. Livan TIV Shvetsiya hukumatini buni jinoyat deb baholashga chaqirdi.
Bundan tashqari, Rossiya Davlat dumasi Qur’onni yoqishga ruxsat bergan Shvetsiya hukumatini qoraluvchi bayonot qabul qildi.
Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar islomiy ramzlarni haqorat qilish bo‘yicha takroriy harakatlarga chek qo‘yish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
Alisher Qodirov Shvetsiyada Qur’on yoqilishini provokatsiya deb atadi
Yangiliklar lentasi
0