https://oz.sputniknews.uz/20230711/rahbarlar-ishdan-olindi-36778798.html
“Suvta’minot”, “Temir yo‘llari”, “Avtoyo‘l” rahbarlari va boshqa amaldorlar ishdan olindi
“Suvta’minot”, “Temir yo‘llari”, “Avtoyo‘l” rahbarlari va boshqa amaldorlar ishdan olindi
Sputnik O‘zbekiston
Investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari B.Kamalov, transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov, “Suvta’minot” rahbari S.Saifnazarov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari X.Xosilov va “Avtoyo‘l” rahbari A.Abduvaliyev lavozimidan ozod etildi.
2023-07-11T17:14+0500
2023-07-11T17:14+0500
2023-07-11T17:19+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston temir yo‘llari
o‘zsuvta’minot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/17/33164949_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_27c9ab266a837bbc7c18dcbd531ad430.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan qator tashkilot rahbarlarini ishdan oldi.Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, bundan to‘rt yil avval “Toshkent-Samarqand”, “Toshkent-Andijon” pullik yo‘llari va Taxtaqoracha dovonida pulli tonnel qurish topshiriqlari berilgan. Lekin na loyiha qilish, na investor jalb qilish bo‘yicha haligacha amaliy ishlar boshlanmagan.Bugungi kunda temir yo‘lda 2,5 mingta yuk vagoni yetishmasligi, mavjud vagonlarning 3,5 mingtasi esa ta’mirtalabligiga qaramay, ularni ko‘paytirish, yo‘llarni modernizatsiya qilish uchun bor-yo‘g‘i 16 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya o‘zlashtirgan.Shuningdek, xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish hajmi o‘tgan yilga nisbatan “O‘zavtosanoat”da 47 foizga, to‘qimachilikda 43 foizga, qurilish materiallarida 31 foizga kamaygan.“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I.Haydarov, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi B.Jo‘rayev, “O‘zsanoatqurilishbank” raisi S.Annaklichevga “hayfsan” e’lon qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20230711/shavkat-mirziyoev-12-nafar-hokimni-ishdan-oldi-36778231.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/17/33164949_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_041fa6d21bb25b93f9ca82dc4a4dd416.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev ishdan oldi amaldorlar
shavkat mirziyoyev ishdan oldi amaldorlar
“Suvta’minot”, “Temir yo‘llari”, “Avtoyo‘l” rahbarlari va boshqa amaldorlar ishdan olindi
17:14 11.07.2023 (yangilandi: 17:19 11.07.2023) Investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan qator amaldorlar lavozimidan ayrildi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan qator tashkilot rahbarlarini ishdan oldi.
Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda
ma’lum qilinishicha, bundan to‘rt yil avval “Toshkent-Samarqand”, “Toshkent-Andijon” pullik yo‘llari va Taxtaqoracha dovonida pulli tonnel qurish topshiriqlari berilgan. Lekin na loyiha qilish, na investor jalb qilish bo‘yicha haligacha amaliy ishlar boshlanmagan.
Bugungi kunda temir yo‘lda 2,5 mingta yuk vagoni yetishmasligi, mavjud vagonlarning 3,5 mingtasi esa ta’mirtalabligiga qaramay, ularni ko‘paytirish, yo‘llarni modernizatsiya qilish uchun bor-yo‘g‘i 16 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya o‘zlashtirgan.
Shuningdek, xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish hajmi o‘tgan yilga nisbatan “O‘zavtosanoat”da 47 foizga, to‘qimachilikda 43 foizga, qurilish materiallarida 31 foizga kamaygan.
Shu bois, investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari B.Kamalov, transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov, “Suvta’minot” rahbari S.Saifnazarov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” rahbari X.Xosilov va “Avtoyo‘l” rahbari A.Abduvaliyev lavozimidan ozod etildi.
“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I.Haydarov, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi B.Jo‘rayev, “O‘zsanoatqurilishbank” raisi S.Annaklichevga “hayfsan” e’lon qilindi.