Shavkat Mirziyoyev 12 nafar hokimni ishdan oldi
16:51 11.07.2023 (yangilandi: 16:55 11.07.2023)
© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina s portfelem
© Sputnik / Dmitriy Astaxov
Obuna bo‘lish
Prezident investitsiya dasturini bajara olmagan 12ta tuman va shahar hokimlarini ishdan oldi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 12 nafar tuman va shahar hokimlarini ishdan oldi. Bu haqida 11-iyul kuni prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum bo‘ldi.
Investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirish masalalariga bag‘ishlangan majlisda prezident ushbu ko‘rsatgichlarni bajara olmagan tuman va shaharlar hokimlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq berdi.
Xususan, prezident Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlari hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.
Shuningdek davlat rahbari ijobiy natijalarni ham aytib o‘tdi. Xususan, o‘tgan olti oyda Andijon shahri, Buloqboshi, Romitan, G‘allaorol, Forish, Karmana, Davlatobod, Chust, Kattaqo‘rg‘on, Sirdaryo tumanlarining har biri 50 million dollardan ko‘p to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya olib kelingani qayd etildi. Natijada ushbu tumanlarda jami 50 mingta yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilgi investitsiya va hududiy dasturlar doirasida jami 20 milliard dollar xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.