https://oz.sputniknews.uz/20230710/mirziyoev-mdh-bosh-kotibi-qabul-36756326.html
Mirziyoyev MDH bosh kotibini qabul qildi
Mirziyoyev MDH bosh kotibini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatda bo‘lib turgan ushbu tashkilot bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.
2023-07-10T17:00+0500
2023-07-10T17:00+0500
2023-07-10T17:00+0500
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
siyosat
shavkat mirziyoyev
sergey lebedev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0a/36755769_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_b6233ef387b35b0a82c97867042a2a5a.jpg
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatda bo‘lib turgan ushbu tashkilot bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv avvalida MDH bosh kotibi Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklagan.Saylov xalqaro standartlarga to‘liq mos holda o‘tgani qayd etildi.Saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi hamda ovoz berish natijalari aholi amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini keng qo‘llab-quvvatlayotgani va unga ishonishidan dalolat ekani alohida ta’kidlandi.Tomonlar MDH doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qilishdi.Keyingi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlikning 40 dan ziyod bitimlarini imzoladi, 24 ta sohaviy organlariga qo‘shildi. Kuni kecha Toshkentda MDHga a’zo davlatlar saylov komissiyalari rahbarlari maslahat kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.Uchrashuvda ko‘p tomonlama sheriklikni kengaytirishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Respublika Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki natijalarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozongan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda saylovchilarning 79,88 foizi qatnashgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230710/ozbekistonda-saylov-shaffof-lebedev-36747883.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0a/36755769_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_13bf5539385859596f4de0e567672e36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (mdh) kuzatuvchilar missiyasi bosh kotib sergey lebedev
shavkat mirziyoyev mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (mdh) kuzatuvchilar missiyasi bosh kotib sergey lebedev
Mirziyoyev MDH bosh kotibini qabul qildi
MDH bosh kotibi Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabrikladi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida mamlakatda bo‘lib turgan ushbu tashkilot bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuv avvalida MDH bosh kotibi Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklagan.
Saylov xalqaro standartlarga to‘liq mos holda o‘tgani qayd etildi.
Saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi hamda ovoz berish natijalari aholi amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini keng qo‘llab-quvvatlayotgani va unga ishonishidan dalolat ekani alohida ta’kidlandi.
Tomonlar MDH doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qilishdi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston Hamdo‘stlikning 40 dan ziyod bitimlarini imzoladi, 24 ta sohaviy organlariga qo‘shildi. Kuni kecha Toshkentda MDHga a’zo davlatlar saylov komissiyalari rahbarlari maslahat kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Uchrashuvda ko‘p tomonlama sheriklikni kengaytirishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi
bo‘lib o‘tdi. Respublika Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki natijalarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan saylovda
g‘alaba qozongan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda saylovchilarning 79,88 foizi
qatnashgan.