Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston prezidenti saylovi shaffof, oshkora va adolatli bo‘lib o‘tdi – Lebedev

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovMDH Bosh kotibi Sergey Lebedev Toshkentdagi brifingda
MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev Toshkentdagi brifingda
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Respublika Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki natijalarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozongan.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekistondagi muddatidan ilgari prezident saylovi shaffof, oshkora va adolatli bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Kuzatuvchilar missiyasi rahbari, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Respublikada xalqaro kuzatuvchilar ishi uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Saylov O‘zbekiston konstitutsiyasi va Saylov kodeksiga to‘liq muvofiq ravishda o‘tkazildi. Saylov muqobil asosda, shaffof, oshkora va adolatli bo‘lib o‘tdi va demokratik saylov o‘tkazish tamoyillariga muvofiq bo‘ldi”, - dedi Lebedev saylov yakunlariga bag‘ishlangan brifingda.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Respublika Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki natijalarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozongan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda saylovchilarning 79,88 foizi qatnashgan.
Yangiliklar lentasi
0