Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida ovoz berish qanday o‘tmoqda — video

Obuna bo‘lish
Rossiya hududida vaqtincha yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yettita saylov uchastkasi tashkil etilgan.
MOSKVA, 9-iyul — Sputnik. Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida muddatidan oldin prezident saylovida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Ovoz berish uchun kelgan fuqarolar tashkillashtirilgan tartibda saylov uchastkasiga kirib, o‘z fuqarolik burchlarini o‘tamoqda.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Bugun O‘zbekistonda muddatidan oldin prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Ayni damda Rossiyada yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 7 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Xususan, O‘zbekistonning Moskva, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Vladivostokdagi bosh konsulxonalarida tashkil etilgan.
Bundan tashqari ayni damda xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun dunyoning 39 ta davlatida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0