Sovuq urushni eritgan qizaloq: 40-yil oldin Samanta Smit SSSRga kelgan edi — video

Obuna bo‘lish
SSSR va AQSh o‘rtasida sovuq urush ketayotgan bir paytda, 11 yoshli qizaloq kattalarga ezgulik va tinchlik g‘oyalarini eslatib qo‘ygan edi. Unng sharofati bilan dunyoda "Bolalar diplomatiyasi" iborasi paydo bo‘ldi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Amerikalik 11 yoshli amerikalik maktab o‘quvchisi Samanta Smit 1983-yil 7-iyulda SSSRga tashrif buyurgan edi.
Bundan oldin u KPSS Bosh kotibi Yuriy Andropovga xat yozib unda "Rossiya va AQSh o‘rtasida yadro urushi boshlanishidan xavotirda" ekanini bildirgan edi.
Javob xatida Andropov Samantani SSSRga taklif qilgan. Qizcha Moskva va Leningradda bo‘lgan va "Artek"da tengdoshlari bilan yashagan, tadbirlarda qatnashgan edi.
Maktab o‘quvchisining tashrifini barcha OAVlar faol yoritgan va AQSh fuqarolariga ilk bor SSSRda paradlar yoki syezdlar emas, balki sovet bolalari qanday o‘ynayotgani ko‘rsatilgan.
Qaytishdan oldin Samanta bugungacha hammaning esida qolgan so‘zlarni aytdi: "Demak yashaymiz!" Uning sharofati bilan dunyoda "Bolalar diplomatiyasi" iborasi paydo bo‘ldi.
Samanta o‘zining " SSSRga sayohatim" kitobida "Ular xuddi bizga o‘xshagan insonlar" deb yozgan.
Oradan ikki yil o‘tib, 1985-yil 28-avgustda Samanta Smit otasi bilan samolyot halokatida vafot etdi
Yangiliklar lentasi
0