https://oz.sputniknews.uz/20230706/hindiston-ozbekiston-aviaqatnovlar-36601655.html
Hindiston aviakompaniyasi sentabrdan O‘zbekistonga aviaqatnovlar sonini oshiradi
Hindiston aviakompaniyasi sentabrdan O‘zbekistonga aviaqatnovlar sonini oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda xorij kompaniyasi vakillariga O‘zbekistonning turli yo‘nalishlardagi sayyohlik imkoniyatlari, xorijiy sayyohlik agentliklari uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
2023-07-06T16:07+0500
2023-07-06T16:07+0500
2023-07-06T16:12+0500
turizm
o‘zbekiston
hindiston
hamkorlik
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/06/36601161_0:80:1280:801_1920x0_80_0_0_3f92e04cf49965a7cc32e964ecc075bf.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasi joriy yilning sentabr oyidan Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4-marta muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.O‘zbekiston tomoni va Hindistonning “Wingspan” kompaniyasi vakillari o‘rtasida ikki tomonlama muloqot tashkil etildi.Unda Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov, “Wingspan” kompaniyasi raisi va ijrochi direktori Niraj Rati hamda tashkilot rasmiylari ishtirok etishdi. Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonning turistik salohiyatini Hindistonda keng targ‘ib qilish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida, xususan, Hindistondagi turli elektron platformalar orqali targ‘ibot ishlarini olib borish va kino sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirish zarurligini ta’kidlashdi.Xorijiy tomon Hindistonning janubiy shtatlaridan ziyoratchilarni alohida charter reyslar orqali O‘zbekistonga safarlarini tashkil etish yuzasidan o‘z takliflarini kiritdi. Mazkur yo‘nalishda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan O‘zbekistonning tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.Niraj Ratining qayd etishicha, “IndiGo” aviakompaniyasi joriy yilning sentabr oyidan Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4-marta muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.Muzokaralar yakunida, Madaniyat va turizm vazirligi va Hindiston kompaniyasi muhokama qilingan barcha kelishuvlarni hayotga tatbiq etishni jadallashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/06/36601161_167:79:1072:758_1920x0_80_0_0_86a13a43b0db635ce97fd7b5a898d6e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hindiston o‘zbekiston aviaqatnovlar
hindiston o‘zbekiston aviaqatnovlar
Hindiston aviakompaniyasi sentabrdan O‘zbekistonga aviaqatnovlar sonini oshiradi
16:07 06.07.2023 (yangilandi: 16:12 06.07.2023) Uchrashuvda xorij kompaniyasi vakillariga O‘zbekistonning turli yo‘nalishlardagi sayyohlik imkoniyatlari, xorijiy sayyohlik agentliklari uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasi joriy yilning sentabr oyidan Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4-marta muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi
xabar berdi. O‘zbekiston tomoni va Hindistonning “Wingspan” kompaniyasi vakillari o‘rtasida ikki tomonlama muloqot tashkil etildi.
Unda Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov, “Wingspan” kompaniyasi raisi va ijrochi direktori Niraj Rati hamda tashkilot rasmiylari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda dastlab xorij kompaniyasi vakillariga O‘zbekistonning turli yo‘nalishlardagi sayyohlik imkoniyatlari, xorijiy sayyohlik agentliklari uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonning turistik salohiyatini Hindistonda keng targ‘ib qilish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida, xususan, Hindistondagi turli elektron platformalar orqali targ‘ibot ishlarini olib borish va kino sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirish zarurligini ta’kidlashdi.
Xorijiy tomon Hindistonning janubiy shtatlaridan ziyoratchilarni alohida charter reyslar orqali O‘zbekistonga safarlarini tashkil etish yuzasidan o‘z takliflarini kiritdi. Mazkur yo‘nalishda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan O‘zbekistonning tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.
Niraj Ratining qayd etishicha, “IndiGo” aviakompaniyasi joriy yilning sentabr oyidan Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 4-marta muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.
Muzokaralar yakunida, Madaniyat va turizm vazirligi va Hindiston kompaniyasi muhokama qilingan barcha kelishuvlarni hayotga tatbiq etishni jadallashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldi.