ShHTning yakuniy deklaratsiyasi qabul qilindi

© SputnikFlag ShOS
Flag ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2023
Obuna bo‘lish
ShHT davlatlari adolatli xalqaro hamkorlik zarurligini e’lon qildi.
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar qo‘shma Nyu - Dehli deklaratsiyasini imzoladilar.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Nyu-Dehli deklaratsiyasiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab iqtisodiy beqarorlik kuchayib borayotgan bir sharoitda adolatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi yondashuvlar zarur.
“O‘sib borayotgan texnologik va raqamli tafovut, global moliyaviy bozorlarning davom etayotgan notinchligi, investitsiyalar oqimining global pasayishi, yetkazib berish zanjirlarining beqarorligi, proteksionistik choralarning kuchayishi va xalqaro savdodagi boshqa to‘siqlar, global iqlim o‘zgarishi va COVID-19 pandemiyasining ta’siri global iqtisodiyotdagi o‘zgaruvchanlik va noaniqlikni kuchaytirmoqda", - deyilgan hujjatda.
Qayd etilishicha, bu omillar iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy farovonlikni saqlash, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibini amalga oshirish uchun ham qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
“Ushbu maqsadlarda yanada adolatli va samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi kompleks yondashuvlar talab etiladi”, — deyilgan hujjatda.
Bugun Nyu-Dehlida ShHT Davlat rahbarlari kengashining yigirma uchinchi sammiti videoaloqa formatida bo‘lib o‘tdi.
Sammitda ishtirok etish uchun ShHTga a’zo barcha davlatlar, ya’ni Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari taklif etilgan. Bundan tashqari, Eron, Belarus va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi davlat sifatida, Turkmaniston esa rais mehmoni sifatida taklif etilgan.
Yangiliklar lentasi
0