Toshkentda aeroportga olib boruvchi ko‘prik vaqtincha yopildi

© SS0 / Unsplash / Will PoradaZnak stop, illyustrativnoe foto
Znak stop, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2023
Obuna bo‘lish
Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgichda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Toshkent shahrida aeroportga olib boruvchi ko‘prik vaqtincha yopildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba xokimiyata TashkentaV Tashkente vremenno zakrili most, vedushiy k aeroportu
V Tashkente vremenno zakrili most, vedushiy k aeroportu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2023
V Tashkente vremenno zakrili most, vedushiy k aeroportu
“Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgichda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, ushbu yo‘l o‘tkazgich 2-iyul soat 17:00 dan 3-iyul 06:00 ga qadar avtomobillar harakati uchun yopiladi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu vaqt oralig‘ida avtomobillar aeroportga Sergeli yo‘nalishidan Fayzli Toshkent ko‘chasi va TXAY orqali, Mirobod tumanidan Haydar Aliyev, Temiryo‘lchilar va Uchuvchilar ko‘chalari orqali kelishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0