Shamol, yomg‘ir, momaqaldiroq — O‘zbekistonda 2-iyul uchun ob-havo

© Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmatiO‘zbekistonda kuz!
O‘zbekistonda kuz! - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, qator hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Bugun Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +18-23 daraja iliq, kunduzi +30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Faqat Navoiy viloyatining cho‘l zonalarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +22-27 daraja iliq, kunduzi +36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +21-26 daraja iliq, kunduzi +35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +22-27 daraja iliq, kunduzi +36-41, Surxondaryo viloyatida +42-43 darajagacha issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +20-25 daraja iliq, kunduzi +35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi +13-18 daraja iliq, kunduzi +26-31 daraja issiq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0