Nursulton Ro‘ziboyev UFC’dagi ilk jangini g‘alaba bilan boshladi — video

© Iz lichnogo arxiva Nursultona RuziboyevaNursulton Ruziboyev — uzbekskiy boyes smeshannix boyevix iskusstv, predstavitel sredney vesovoy kategorii.
Nursulton Ruziboyev — uzbekskiy boyes smeshannix boyevix iskusstv, predstavitel sredney vesovoy kategorii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent vaqti bilan 2-iyul kuni tonggi soat 04:00 da o‘zbekistonlik jangchi Braziliya vakili Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘rta vazn toifasida UFC jangchisiga aylangan Nursulton Ro‘ziboyev UFC’dagi ilk jangini g‘alaba bilan boshladi.
Toshkent vaqti bilan 2-iyul kuni tonggi soat 04:00 da o‘zbekistonlik jangchi Braziliya vakili Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Jang AQShning Las-Vegas shahridagi “UFC Apex” arenada “UFC Fight Night” turniri doirasida bo‘lib o‘tdi.
1 daqiqa-yu 20 soniyada o‘zbekistonlik jangchi yengilmas raqibini to‘g‘ridan kontr-panch bilan yiqitdi, so‘ngra yuqoridan zarbalar yog‘dirdi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Nursulton Ro‘ziboyev UFC bilan shartnoma imzolagandi.
Yangiliklar lentasi
0