Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

To‘rt kunda 376 mingdan ortiq o‘zbekistonlik muddatidan oldin ovoz berdi — MSK

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishDosrochnie vibori prezidenta Uzbekistana v Kazani
Dosrochnie vibori prezidenta Uzbekistana v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2023
Obuna bo‘lish
Saylov kuni o‘z yashash joylarida bo‘lish imkoniga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Kecha, 1-iyul holatiga 376 623 nafar saylovchi O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.
Saylov kuni o‘z yashash joylarida bo‘lish imkoniga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Joriy yil 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyunda boshlandi.
1 iyul holatiga jami 376 623 nafar saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalandi. Shundan O‘zbekiston hududida – 275 592 nafar va xorijda – 101 031 nafar saylovchi ovoz bergan.
Muddatidan oldin ovoz berish joriy yil 5-iyulga qadar davom etadi.
Prezidentlikka Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev, Xalq-demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, "Adolat" sotsial-demorkatik partiyasidan Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodi ilgari surilgan. Nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 7-iyundan boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0