Istanbulda ham Yoshlar kuniga bag‘ishlab bayram tashkil etildi

© Sputnik / Alexey Filippov / Mediabankka o‘tishVid Stambula. Arxivnoe foto
Vid Stambula. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2023
Obuna bo‘lish
Ishtirokchilar 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari bilan tanishdi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan “To‘pkapi turk dunyosi mahallasi madaniyat markazi”da 30-iyun – O‘zbekiston yoshlari kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Strategik taraqqiyot markazi direktori Eldor Tulyakov boshchiligidagi delegatsiya, Turkiyada vaqtincha ishlayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ishtirok etdi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Amirsaid Agzamxodjayev o‘zining chiqishida O‘zbekiston yoshlarini Yoshlar kuni bilan qutlab, o‘tgan vaqt mobaynida yoshlarni qo‘llab-quvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘zlab berdi. Xususan, Turkiyadagi O‘zbekiston yoshlari bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar alohida ta’kidlandi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlari bilan tanishdi.
O‘zbekiston Strategik taraqqiyot markazi direktori Eldor Tulyakov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘zlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlari kuni Xitoyda ham keng nishonlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0