O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi ado etildi — foto

© SputnikToshkentda Qurbon hayiti namozi
Toshkentda Qurbon hayiti namozi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi ado etildi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Erta tongdan O‘zbekistondagi jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi ado etildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
© SputnikPrazdnichniy namaz v chest Kurban-xayita v Tashkente
Prazdnichniy namaz v chest Kurban-xayita v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2023
Tasvirlar Toshkentdagi Islomobod Jome masjidida olingan.
© SputnikPrazdnichniy namaz v chest Kurban-xayita v Tashkente
Prazdnichniy namaz v chest Kurban-xayita v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2023
Qurbon hayit – musulmonlarning eng ulug‘ bayrami hisoblanadi.
© SputnikPrazdnichniy namaz v chest Kurban-xayita v Tashkente
Prazdnichniy namaz v chest Kurban-xayita v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2023
Bayram kuni tong sahardan musulmonlar tahorat qilib, toza kiyim kiyishadi. Keyin masjidga borib namoz o‘qishadi. Namozdan so‘ng qurbonlik qilinadi va bayram dasturxoni yoziladi. Qurbonlikdan barcha qo‘shnilarga, kambag‘al va nochorlarga tarqatiladi.
© SputnikToshkentda Qurbon hayiti namozi
Prazdnichniy namaz v chest Kurban-xayita v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2023
Qurbon hayiti kunlarida barcha musulmonlar bir-birlarini muborakbod etadilar. Qarindosh-urug‘larni borib ko‘rish, yoru birodarlarni ziyorat qilish, beva-bechoralar holidan xabar olish kabi ishlar ushbu kunda savobi ulug‘ amallardan hisoblanadi. Biror sababga ko‘ra arazlashgan, gina-kudratli tanish-bilishlar ham xuddi shu muborak ulug‘ kunlarda bir-birlariga quchoq ochsalar, o‘zaro uzr so‘rashsalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki kechirimli va mehr-shavqatli bo‘lish har bir musulmon uchun ham qarz, ham farzdir.
Qurbonlik qanday amalga oshiriladi — eng muhim savollarga javoblar
Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
Sena barana na Kurban xayit v regionax infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Hududlarda qo‘y narxi qancha
Yangiliklar lentasi
0