Hududlarda qo‘y narxi qancha

© SputnikSena barana na Kurban xayit v regionax infografika zaglushka
Sena barana na Kurban xayit v regionax infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Sputnik Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston hududlarida bir bosh qo‘y necha pul bo‘lganini aniqladi.
Diniy va milliy bayramlardan biri bo‘lgan Qurbon hayiti bayrami yaqinlashdi. Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan o‘ziga to‘q, zaruriy ehtiyojlaridan qiymati kumush nisobi miqdoriga yetadigan oshiqcha mulkka ega bo‘lgan har bir musulmonga qurbonlik so‘yish vojib ibodatlardan hisoblanadi.
Qurbonlik qilinadigan hayvonlar qo‘y, echki, qoramol, tuyalar hisoblanadi. Shu bois shu kunlarda qo‘ylarning bozori chaqqon.
Sputnik aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, hududlarda bir bosh qo‘y narxi 2,5 million so‘mdan 3,2 million so‘mgacha. Bayram arafasida eng qimmat qo‘y Toshkent shahri (3 million so‘m) va Farg‘ona viloyatida (3-3,2 million so‘m) sotilmoqda. Eng arzon qo‘yni Namangan va Buxoro viloyatlaridagi bozorlardan topish mumkin.
Batafsil Sputnik infografikasida.
Turli davlatlarda qo‘y narxi qanday? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2023
Turli davlatlarda qo‘y narxi qanday?
Yangiliklar lentasi
0