Mirziyoyev va Erdog‘an bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlat rahbarlari bir-birini va qardosh xalqlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan dildan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, yetakchilar suhbat davomida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishgan.
Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik yuqori sur’at va samarali tus olgani qayd etildi.
Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2023
Mirziyoyev Misr prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi
Yangiliklar lentasi
0