Mirziyoyev Misr prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2023
Obuna bo‘lish
Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ko‘rib chiqishdi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar qildi.
Suhbat avvalida ikki davlat yetakchilari bir-birini Qurbon hayiti bilan samimiy qutladilar. O‘zbekiston va Misrning do‘st xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirildi.
Joriy yilning fevral oyida Qohiraga oliy darajadagi rasmiy tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Prezidentlar muntazam va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik munosabatlari aniq mazmun bilan boyib borayotganini qayd etishdi.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalari va sanoat kooperatsiyasi dasturlarini ilgari surish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Misr yetakchilari madaniy-gumanitar almashinuvni yanada faollashtirish muhimligini ham ta’kidladilar.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0