https://oz.sputniknews.uz/20230626/turli-davlatlarda-qoy-narxi-qanday-36328177.html
Turli davlatlarda qo‘y narxi qanday?
Turli davlatlarda qo‘y narxi qanday?
Sputnik O‘zbekiston
Qurbon hayiti arafasida turli davlatlarda qo‘ylar narxi qanday ekani haqida statistika.
2023-06-26T20:26+0500
2023-06-26T20:26+0500
2023-06-27T11:36+0500
infografika
qurbon hayiti
bayram
qo‘y
bozor
narx-navo
markaziy osiyo
musulmonlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1a/36316800_0:0:3639:2047_1920x0_80_0_0_e52f16ed86443d7783ad125058ca8351.png
Qurbon bayrami arafasida Sputnik Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonda qo‘y narxi necha pulligi haqida statistik ma’lumotlarni to‘pladi. Unga ko‘ra, eng arzon qo‘yni Ozarbayjon va Tojikistonda xarid qilish mumkin. Ushbu davlatlarda bir bosh qo‘y narxi 150 dollardan boshlanadi. Ikkinchi o‘rinda qo‘shni Qozog‘iston respublikasi. Bu yerda qo‘ylar o‘rtacha 156 dollardan boshlanadi. Uchinchi o‘rinda Qirg‘iziston - 172 dollardan. O‘MI Fatvo markazining qurbonlik haqidagi eslatmalari:Qurbonlik kimga vojibQurbonlik balog‘at yoshiga yetgan, aqli hushi joyida bo‘lgan, musofir bo‘lmagan, ya’ni safarda bo‘lmagan musulmonlar uchun vojib hisoblanadi. Shu bilan birga qurbonlik qiluvchi kishi zakotga qodir, ya’ni yetarlicha badavlat bo‘lishi kerak.Qurbonlik vaqtiQurbonlik zulhijja oyining 10, 11, 12 kunlarida uch kun davomida amalga oshiriladi. Qurbonlik hayit namozi o‘qilganidan so‘ng boshlanib hayitning uchinchi kun quyosh botguniga qadar bajariladi.Qurbonlikka so‘yiladigan jonivor qanday bo‘lishi kerak?Jonivor rangining ahamiyati yo‘q, hadislarda payg‘ambar (s.a.v.) oq-qora aralash qo‘chqor so‘yilgani aytilgan bo‘lsa da, lekin so‘yiladigan qo‘chqorning rangi ahamiyatli emas.Qurbonlikka kasal, oyoq-qo‘li singan yoki juda ozg‘in hayvonlar qurbonlikka yaramaydi. Hayvonning dumi, qulog‘i yoki dumbasi kesilgan bo‘lsa, unda qarash kerak, agar a’zoning uchdan bir qismidan kami kesilgan bo‘lsa yaraydi, undan ko‘p bo‘lsa qurbonlikka yaramaydi. Cho‘ponlar tomonidan belgi sifatida qulog‘i kesib yoki teshib qo‘yilgan hayvonlarni qurbonlikka so‘yish joiz bo‘laveradi.Qurbonlikni taqsimlashQurbonlikka qo‘y yoki echkini bir kishi nomidan so‘yish mumkin, qoramol yoki tuyani yetti kishi sherik bo‘lib so‘yishi mumkin. Sheriklikka so‘yilgan qurbonlikni taroziga tortib uni teng bo‘lib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.Sotish mumkin emasQurbonlikka so‘yilgan hayvon go‘shti ehson qilinadi, lekin uni sotish mumkin emas.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1a/36316800_455:0:3184:2047_1920x0_80_0_0_d0c8b75113b143bdeb9f932c174d0504.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurbon hayit bayram qo‘y narx navo bozor go‘sht musulmonlar
qurbon hayit bayram qo‘y narx navo bozor go‘sht musulmonlar
Turli davlatlarda qo‘y narxi qanday?
20:26 26.06.2023 (yangilandi: 11:36 27.06.2023) O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistonda Qurbon bayrami arafasida qo‘y narxi necha pul? Batafsil Sputnik infografikasida tanishing.
Qurbon bayrami arafasida Sputnik Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonda qo‘y narxi necha pulligi haqida statistik ma’lumotlarni to‘pladi.
Unga ko‘ra, eng arzon qo‘yni Ozarbayjon va Tojikistonda xarid qilish mumkin. Ushbu davlatlarda bir bosh qo‘y narxi 150 dollardan boshlanadi.
Ikkinchi o‘rinda qo‘shni Qozog‘iston respublikasi. Bu yerda qo‘ylar o‘rtacha 156 dollardan boshlanadi. Uchinchi o‘rinda Qirg‘iziston - 172 dollardan.
O‘MI Fatvo markazining qurbonlik haqidagi eslatmalari:
Qurbonlik balog‘at yoshiga yetgan, aqli hushi joyida bo‘lgan, musofir bo‘lmagan, ya’ni safarda bo‘lmagan musulmonlar uchun vojib hisoblanadi. Shu bilan birga qurbonlik qiluvchi kishi zakotga qodir, ya’ni yetarlicha badavlat bo‘lishi kerak.
Qurbonlik zulhijja oyining 10, 11, 12 kunlarida uch kun davomida amalga oshiriladi. Qurbonlik hayit namozi o‘qilganidan so‘ng boshlanib hayitning uchinchi kun quyosh botguniga qadar bajariladi.
Qurbonlikka so‘yiladigan jonivor qanday bo‘lishi kerak?
Jonivor rangining ahamiyati yo‘q, hadislarda payg‘ambar (s.a.v.) oq-qora aralash qo‘chqor so‘yilgani aytilgan bo‘lsa da, lekin so‘yiladigan qo‘chqorning rangi ahamiyatli emas.
Qurbonlikka kasal, oyoq-qo‘li singan yoki juda ozg‘in hayvonlar qurbonlikka yaramaydi. Hayvonning dumi, qulog‘i yoki dumbasi kesilgan bo‘lsa, unda qarash kerak, agar a’zoning uchdan bir qismidan kami kesilgan bo‘lsa yaraydi, undan ko‘p bo‘lsa qurbonlikka yaramaydi. Cho‘ponlar tomonidan belgi sifatida qulog‘i kesib yoki teshib qo‘yilgan hayvonlarni qurbonlikka so‘yish joiz bo‘laveradi.
Qurbonlikka qo‘y yoki echkini bir kishi nomidan so‘yish mumkin, qoramol yoki tuyani yetti kishi sherik bo‘lib so‘yishi mumkin. Sheriklikka so‘yilgan qurbonlikni taroziga tortib uni teng bo‘lib olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Qurbonlikka so‘yilgan hayvon go‘shti ehson qilinadi, lekin uni sotish mumkin emas.