Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar prezident saylovida qanday va qayerda ovoz beradi — qo‘llanma

© Sputnik / Vladimir AlekseyevKabinki dlya golosovaniya v posolstve Uzbekistana v Moskve. Arxivnoe foto
Kabinki dlya golosovaniya  v posolstve Uzbekistana v Moskve. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2023
Obuna bo‘lish
Saylov kuni xorijdagi o‘zbekistonliklar mamlakatning 39 ta davlatda tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berishlari mumkin.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi bo‘yicha xorijda 56 ta saylov uchastkasi tuziladi. Ular mamlakatning 39 ta chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida joylashgan.
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi qanday o‘tadi
Demak, saylovning asosiy kuni (9 iyul) va muddatidan oldin ovoz berish kunlari (28 iyundan 5-iyulgacha) xorijdagi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan yoki ro‘yxatga kirish uchun murojaat yo‘llashga ulgurmagan o‘zbekistonliklar ham saylov uchastkalariga tashrif buyurishlari mumkin bo‘ladi.
Ovoz berish vaqti:
9 iyul - fuqaro bo‘lib turgan mamlakatning mahalliy vaqti bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha;
28 iyundan 5-iyulgacha - xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, konsullik muassasalari belgilagan vaqt bilan.
Ovoz berishda pasport, ID-karta, harbiy guvohnoma, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, fuqarolik pasportini yo‘qotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik ma’lumotnoma, jazoni o‘tab bo‘lganlik yoki jazodan ozod qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomadan foydalanish mumkin.
Muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tartibi:
Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov uchastkasiga kelgan ovoz beruvchi uchastka saylov komissiyasiga (USK) saylov kuni bo‘la olmaslik sabablarini ko‘rsatgan holda yozilgan arizani taqdim etadi.
Saylovchi USKning 2 nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatining ko‘chirmasiga imzo qo‘yadi. Shundan so‘ng, unga saylov bulleteni va konvert beriladi.
Saylovchi bulletenni yashirin ovoz berish kabinasida to‘ldiradi, kovertga solib yelimlaydi.
Komissiyaning muhri bilan tasdiqlangan konvert 9-iyulga qadar maxsus seyfda saqlanadi.
Shuningdek, chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida ham o‘tkazilishi mumkin. Bunda uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi to‘g‘risida ma’lum qiladi.
Ovoz berish tugaganidan keyingi jarayon
Ovoz berish tugaganidan keyin uchastka saylov komissiyasi a’zolari ko‘chma ovoz berish qutisini ochadi. Uning ichidagi saylov bulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni surg‘uchlaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Saylov bulletenlari solingan qop surg‘uchlangan holda dalolatnoma bilan birga saylov uchastkasiga olib boriladi va saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi.
Prezident saylovida Rossiyadagi o‘zbekistonliklar qayerda ovoz berishlari mumkin — manzillar
Saylov kuni uchastkalarda barcha fuqarolar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka saylov komissiyasi ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda e’lon qilishi mumkin.
Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
Prezident saylovida xorijdagi o‘zbekistonliklar qayerda ovoz berishlari mumkin — manzillar
Yangiliklar lentasi
0