Bugun Toshkentning qaysi hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi?

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"V kakom rayone Tashkenta otklyuchili elektrichestvo
V kakom rayone Tashkenta otklyuchili elektrichestvo
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.06.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning 5 ta tumanida joylashgan ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkentning qator tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Olmazor tumani: "Taraqqiyot", "Eski shahar", "Achaobod", "Namuna", "Qichqiriq", "G. Azamov", "Oltinsoy" va "Chimboy" MFYlarining ayrim ko‘chalarida 22-iyun soat 24:00 dan ertaga soat 07:00 gacha;
Bektemir tumani: "Iyk ota" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Chilonzor tumani: "Qozirobod" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yakkasaroy tumani: "Muhandislar" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Sergeli tumani: "Jaloyir" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Aytilishicha, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentning ayrim tumanlarida iyul va avgust oylarida issiq suv o‘chiriladi. Bu davrda "Toshkent issiqlik markazi" MChJ tomonidan 7 ta issiqlik markazlarida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0