https://oz.sputniknews.uz/20230620/tadbirkorlar-soliq-imtiyozlari-36106843.html
Ayrim tumanlardagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilishi kutilmoqda
Ayrim tumanlardagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning 47 ta "sharoiti og‘ir" bo‘lgan tumanida tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini pasaytirish, foydalanilmayotgan obyektlar egalariga nisbatan mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari qo‘llanilishini bekor qilish rejalashtirilmoqda.
2023-06-20T14:36+0500
2023-06-20T14:36+0500
2023-06-20T14:48+0500
iqtisod
oliy majlis qonunchilik palatasi
soliq
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/14/36106398_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_cffdd6a4d893d29158722258de9b842f.jpg
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning 11 ta viloyatidagi 47 ta "sharoiti og‘ir" bo‘lgan tumanida tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tegishli qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilishdi.Hujjat bilan quyidagilar taklif etilmoqda:Avvalroq O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘iga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqarilishi xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20230613/qoraqalpogiston-tadbirkorlar-soliq-imtiyozlari-35941214.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/14/36106398_72:153:1005:853_1920x0_80_0_0_3c056b398271c16f35fb445fab2cd3a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sharoiti og‘ir tuman tadbirkorlar soliq stavkalar imtiyoz qonun
sharoiti og‘ir tuman tadbirkorlar soliq stavkalar imtiyoz qonun
Ayrim tumanlardagi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilishi kutilmoqda
14:36 20.06.2023 (yangilandi: 14:48 20.06.2023) 47 ta "sharoiti og‘ir" bo‘lgan tumanda tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini pasaytirish, foydalanilmayotgan obyektlar egalariga nisbatan mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari qo‘llanilishini bekor qilish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning 11 ta viloyatidagi 47 ta "sharoiti og‘ir" bo‘lgan tumanida tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tegishli qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan
qabul qilishdi. Hujjat bilan quyidagilar taklif etilmoqda:
“sharoiti og‘ir” bo‘lgan tumanlar uchun vaqtinchalik soliq imtiyozlarini berish;
foydalanilmayotgan obyektlar egalariga nisbatan mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari qo‘llanilishini bekor qilish;
davlat organlariga, muassasa va tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan va ular tomonidan boshqa tashkilotlarga ijaraga berilgan yerlarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish;
yerlardan kadastr hujjatlari mavjud bo‘lmagan yoki yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda uy-joy egalari uchun uch karra oshirilgan stavkada yer solig‘ini hisoblash tartibi qo‘llanishini to‘xtatib turish;
elektrotexnika tarmoq korxonalarining ixtisoslashtirilgan markazlarini qo‘llab-quvvatlash orqali innovatsion texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantirish.
Avvalroq O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘iga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqarilishi
xabar qilingan edi.