https://oz.sputniknews.uz/20230613/qoraqalpogiston-tadbirkorlar-soliq-imtiyozlari-35941214.html
Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari berildi
Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari berildi
Sputnik O‘zbekiston
Kiritilgan o‘zgartirishlarga 2028-yilgacha Qoraqalpog‘iston tadbirkorlari uchun daromad, aylanma, mulk va yer solig‘i 50%gacha kamaytirildi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida bo‘ldi.
2023-06-13T19:37+0500
2023-06-13T19:37+0500
2023-06-14T10:20+0500
iqtisod
qoraqalpog‘iston
imtiyoz
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0e/35950133_327:285:978:651_1920x0_80_0_0_cd7276e3f5afa77f356829af2601da4d.png
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Ayrim qonun hujjatlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritildi. O‘zbekiston prezidenti 12-iyun kuni tegishli qonunni imzoladi.Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur hududda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlar (bundan yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) 2028-yil 1-yanvargacha:Agar soliq to‘lovchi mazkur imtiyozlar bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida boshqa asoslar bo‘yicha soliq imtiyozlariga doir huquqqa ega bo‘lsa, bunday soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra eng qulay soliq imtiyozini tanlashga haqli bo‘ladi.Ilgari bunday imtiyoz mavjud emas edi.“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv jarayoniga jalb etiladigan chet el mutaxassislari (o‘qituvchilari) 2027-yil 1-oktabrgacha Konsullik yig‘imini hamda Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.Ilgari bunday norma mavjud emas edi.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0e/35950133_299:200:982:712_1920x0_80_0_0_731d14c93966ec1f3026a987c4f9a022.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qoraqalpog‘iston tadbirkorlar soliq imtiyozlari qonun
qoraqalpog‘iston tadbirkorlar soliq imtiyozlari qonun
Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari berildi
19:37 13.06.2023 (yangilandi: 10:20 14.06.2023) 2028 yilgacha Qoraqalpog‘iston tadbirkorlari uchun daromad, aylanma, mulk va yer solig‘i 50 foizgacha kamaytirildi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Ayrim qonun hujjatlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritildi. O‘zbekiston prezidenti 12-iyun kuni tegishli qonunni
imzoladi. Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur hududda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlar (bundan yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) 2028 yil 1-yanvargacha:
foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan
50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
ijtimoiy soliqni
1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha, YaTTlar esa yiliga BHMning bir baravari (330 ming so‘m) miqdorida to‘laydi.
Agar soliq to‘lovchi mazkur imtiyozlar bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida boshqa asoslar bo‘yicha soliq imtiyozlariga doir huquqqa ega bo‘lsa, bunday soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra eng qulay soliq imtiyozini tanlashga haqli bo‘ladi.
Ilgari bunday imtiyoz mavjud emas edi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv jarayoniga jalb etiladigan chet el mutaxassislari (o‘qituvchilari) 2027-yil 1-oktabrgacha Konsullik yig‘imini hamda Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.
Ilgari bunday norma mavjud emas edi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.