Maktablarda 1-sinfga qabul qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik/Zafar XalilovToshkentda birinchi qo‘ng‘iroq, arxiv surat
Toshkentda birinchi qo‘ng‘iroq, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.06.2023
Obuna bo‘lish
Ota-onalar 20-iyun soat 12: 00 dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 2023-2024-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1.
mikrohudud doirasida (20 iyun – 31-iyul);
2.
mikrohududdan tashqarida (1 - 15-avgust).
43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyun soat 12:00 dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.
Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublika bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Kak proxodit perviy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2023
Endi bola tug‘ilishi bilan maktabga onlayn hisobga qo‘yiladi — bu qanday qulayliklar beradi?
Yangiliklar lentasi
0