https://oz.sputniknews.uz/20230525/bola-maktab-onlayn-hisob-35342832.html
Endi bola tug‘ilishi bilan maktabga onlayn hisobga qo‘yiladi — bu qanday qulayliklar beradi?
Endi bola tug‘ilishi bilan maktabga onlayn hisobga qo‘yiladi — bu qanday qulayliklar beradi?
Sputnik O‘zbekiston
Bola tug‘ilganidan boshlab, yashash hududidagi maktabga biriktirilishi natijasida avvaldan shu maktabga qancha bola 1-sinfga chiqishi (prognoz) rejalashtiriladi.
2023-05-25T16:39+0500
2023-05-25T16:39+0500
2023-05-25T16:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktab
o‘quvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27781617_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_2060dc13f7c4bf4b004f8e814d5dbaec.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. 2024-yil 1-yanvardan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi. Bunday tartib bolalar va ularning ota-onalariga bir qator qulayliklar beradi. Bu haqda Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Murodov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Qayd etilishicha, zaruratga ko‘ra, ota-onaning yashash joyi o‘zgargan taqdirda biriktirilgan maktab ham o‘zgaradi.Bola tug‘ilganidan boshlab, yashash hududidagi maktabga biriktirilishi natijasida avvaldan shu maktabga qancha bola 1-sinfga chiqishi (prognoz) rejalashtiriladi. Shunga mos ravishda o‘quvchi o‘rni hamda pedagoglar, darsliklar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.Investitsiya va boshqa dasturlar asosida zaruriyatga ko‘ra maktablarda qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratiladi, ya’ni maktablarda o‘quvchi o‘rniga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, yangi maktablar va qo‘shimcha o‘quv binolari quriladi.Ma’lumot uchun, mamlakatda yangi o‘quv o‘rinlari sonini 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazish belgilangan. 2022-yilda 340 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan.Mutaxassisning aytishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab 20-iyun-31 iyul kunlari biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktablariga qabul qilinadi.1-15-avgust kunlari maktabning o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, bo‘sh o‘rinlarga mikrohududdan tashqari qo‘shimcha bolalar qabul qilinadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27781617_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_31b1337497b11e2f77c7301ea9307693.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Dostonbek Rahmatullayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34374677_207:199:686:678_100x100_80_0_0_0ebbda2f233e2b8e368e45219324be77.jpg
o‘zbekiston maktab o‘quvchilar maktabga onlayn hisobga qo‘yish
o‘zbekiston maktab o‘quvchilar maktabga onlayn hisobga qo‘yish
Endi bola tug‘ilishi bilan maktabga onlayn hisobga qo‘yiladi — bu qanday qulayliklar beradi?
Dostonbek Rahmatullayev
Muxbir
Bola tug‘ilganidan boshlab, yashash hududidagi maktabga biriktirilishi natijasida avvaldan shu maktabga qancha bola 1-sinfga chiqishi (prognoz) rejalashtiriladi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. 2024-yil 1-yanvardan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasida onlayn hisobga qo‘yiladi. Bunday tartib bolalar va ularning ota-onalariga bir qator qulayliklar beradi. Bu haqda Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Murodov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
“Birinchidan, onlayn hisobga qo‘yish orqali bolalar yashash joyi bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limga qamrab olinadi. Ota-onalar yashash joyi bo‘yicha farzandini qaysi maktabga o‘qishga berish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘ladi. Ota-onalar uyiga yaqin bo‘lgan maktabga farzandini joylashtirishi kafolatlanadi”, - deydi Murodov.
Qayd etilishicha, zaruratga ko‘ra, ota-onaning yashash joyi o‘zgargan taqdirda biriktirilgan maktab ham o‘zgaradi.
Bola tug‘ilganidan boshlab, yashash hududidagi maktabga biriktirilishi natijasida avvaldan shu maktabga qancha bola 1-sinfga chiqishi (prognoz) rejalashtiriladi. Shunga mos ravishda o‘quvchi o‘rni hamda pedagoglar, darsliklar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.
Investitsiya va boshqa dasturlar asosida zaruriyatga ko‘ra maktablarda qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratiladi, ya’ni maktablarda o‘quvchi o‘rniga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, yangi maktablar va qo‘shimcha o‘quv binolari quriladi.
Ma’lumot uchun, mamlakatda yangi o‘quv o‘rinlari sonini 2026-yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha yetkazish belgilangan. 2022-yilda 340 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Mutaxassisning aytishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab 20-iyun-31 iyul kunlari biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktablariga qabul qilinadi.
1-15-avgust kunlari maktabning o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, bo‘sh o‘rinlarga mikrohududdan tashqari qo‘shimcha bolalar qabul qilinadi.