Toshkentning qator tumanlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatiladi
12:25 08.06.2023 (yangilandi: 12:37 08.06.2023)
© Sputnik / Igor Ageyenko
/ Obuna bo‘lish
Toshkentning qator tumanlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Bugun, 8-iyun kuni Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilishi mumkin. Bu xaqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 7-iyun kuni soat 23:25 da Toshkent shahridagi “Qo‘qon” podstansiyasida 35 kVli kabel tarmog‘ining shikastlanishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida Mirobod va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilarining bir qismida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Toshkent shahar elektr tarmoqlari filialining maxsus brigadasi tomonidan podstansiyadagi nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, bugun Toshkent shahrining Yashnobod, Bektemir va Chilonzor tumanlari hududidagi qisman aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtincha o‘chiriladi.
Bektemir tumani:
Iyk ota MFYning Ma’rifat va Hurriyat ko‘chalari;
Oltintopgan MFYning Oltintopgan ko‘chasi.
Yashnobod tumani:
Baku, Boysun, G‘ijduvon, Hovot, Marv, M.Ashrafiy, Tuzel 1-mavzesi, Sialkova, Parkent, Oltintepa, S.Azimov, To‘ytepa, Istiqbol va Qashqadaryo ko‘chalari.
Chilonzor tumani:
Nurxon, Afshona, Qo‘shchinor ko‘chalari.