Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Boeing 757-200 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2023
Obuna bo‘lish
Bortida 171 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot soat 14:42 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Bugun, 7-iyun kuni, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9620 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Bortida 171 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:42 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.
Qo‘nishga sabab tug‘rug‘i boshlangan homilador yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.
Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-may kuni Tehron — Pekin yo‘nalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan “Mahan Air” aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ngandi.
Yangiliklar lentasi
0