O‘zbekistonlik velosportchilar xalqaro reytingda kuchli o‘ntalikdan joy olishdi

© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta Respubliki Uzbekistan.O‘zbekistonlik velosportchilar xalqaro reytingda kuchli o‘ntalikdan joy olishdi
O‘zbekistonlik velosportchilar xalqaro reytingda kuchli o‘ntalikdan joy olishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2023
Obuna bo‘lish
Xalqaro turnirda Nafosat Qoziyeva ikkinchi o‘rinni, yana 4 nafar sportchilar esa Xalqaro velosipedchilar ittifoqi xalqaro reyting ochkolarini beruvchi kuchli o‘ntalikdan joy olishdi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik velosportchilar xalqaro reyting ochkolarini beruvchi kuchli o‘ntalikdan joy olishdi, deya xabar berdi Yoshlar siyosati va sport vazirligi.
Serbiya davlatida 3-4 iyun kunlari velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha "BELGRADE GRAND PRIX WOMAN TOUR" ko‘p kunlik velopoygasi o‘tkazildi.
Unda o‘zbekistonlik Nafosat Qoziyeva shohsupaning ikkinchi pog‘onasini egalladi. Shuningdek, Shahnoza Abdullayeva, Sofiya Karimova, Yanina Kuskova va Margarita Misurinalar Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) xalqaro reyting ochkolarini beruvchi kuchli o‘ntalikdan joy olishdi.
Velopoyga natijasi:
“Under - 23” toifasida Sofiya Karimova uchinchi o‘rin;
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi o‘rin.
Sportchilar jami 22 - UCI xalqaro reyting ochkolarini qo‘lga kiritishdi. Ushbu natija “UCI-ASIA” xalqaro reytingi pog‘onasida ayollar terma jamoasi a’zolari egallab turgan 1-o‘rinni yanada mustahkamlab, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini jamg‘arib olishdi.
Yangiliklar lentasi
0