Hindistonda 200 mln $lik ko‘prik bitmay turib qulab tushdi — video

© Foto : Times of IndiaHindistonda 200 mln $lik ko‘prik bitmay turib qulab tushdi — video
Hindistonda 200 mln $lik ko‘prik bitmay turib qulab tushdi — video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
Hindistonning Bixar shtatida qurilishi tugallanmagan ko‘prik qulab tushdi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Hindistonning Bixar shtatida qurilishi tugallanmagan transport ko‘prigining 200 metrli qismi suvga qulab tushdi, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q, deb xabar bermoqda Times of India.
Bu ko‘prikning bir yil ichida ikkinchi qulashi bo‘lib, 2022-yil aprel oyida ko‘prikning bir qismi qulagandi. O‘shanda qulash sababi sifatida zaiflashgan tros ko‘rsatilgan bo‘lsa, ba’zi mutaxassislar avariyaga sifatsiz qurilish materiallaridan foydalanish sabab bo‘lganini aytishgan.
Uzunligi 3,1 kilometr bo‘lgan ko‘prik qurilishi 2014-yilda boshlangan va 2019-yilda yakunlanishi kutilayotgan edi. O‘shandan beri bu muddat to‘rt marta uzaytirildi. Qurilish qiymati 17,1 mlrd rupiyga (207 mln $) baholangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda qulagan ko‘prik videosi paydo bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, shtat rasmiylari matbuot anjumani o‘tkazib, ekspertlar uning dizaynidagi konstruktiv kamchiliklarni qayd etganidan so‘ng qulash ko‘prikni ataylab buzishning bir qismi ekanligini aytishdi.
"Eslatib o‘tamiz, bu ko‘prikning bir qismi o‘tgan yilning 30-aprelida qulagan edi. Shundan so‘ng biz tadqiqot o‘tkazish iltimosi bilan Roorki texnologiya institutiga murojaat qildik", - dedi Bixar bosh vazir o‘rinbosari Tejashvi Yadav.
O‘z navbatida, yo‘l qurilishi departamenti vakili Pratay Amrit buzilish "profilaktika chorasi" ekanligini aytdi.
"Yakuniy hisobotni kutish kerak emas degan qarorga keldik. Shuning uchun biz ko‘prik qismlarini demontaj qilishni davom ettirdik. Bu shunday profilaktika chorasi edi", - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0