Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘ldagi ko‘prik qisman yopildi

© Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiBostanlikskiy rayon
Bostanlikskiy rayon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2023
Obuna bo‘lish
Mazkur joyda ogohlantiruvchi va yo‘nalish ko‘rsatuvchi barcha tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Bugun soat 10:00 dan boshlab Toshkent viloyati Bo‘stonliq va Yuqorichirchiq tumanlari chegarasida joylashgan ko‘prikning “Toshkent-Chorbog‘” yo‘nalishidagi qismi yopildi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Toshkent-Chorbog‘” yo‘nalishidagi qismda ikki tomonlama harakat tashkil etiladi. Hududda ogohlantiruvchi va yo‘nalish ko‘rsatuvchi barcha tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan.
Haydovchilardan hushorlikni oshirib, harakat xavfsizligini ta’minlayotgan YPX xodimlarining ishoralariga va o‘rnatilgan yo‘l belgilariga e’tiborli bo‘lib harakatlanishlari so‘ralmoqda.
Yangiliklar lentasi
0