Hindiston aviakompaniyasi Toshkent va Dehli o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

© UnsplashSamolet v nebe
Samolet v nebe  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2023
Obuna bo‘lish
Aviakompaniya joriy yil sentabr oyidan Dehlidan Toshkentga haftasiga to‘rt marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Hindistonning “IndiGo” aviatashuvchisi Toshkentga reyslar yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Aviakompaniya joriy yil sentabr oyidan Dehlidan Toshkentga haftasiga to‘rt marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
“IndiGo”ning kelajakdagi xalqaro reyslari qatorida Olmaota, Boku, Tbilisi va boshqa shaharlar ham ko‘rsatilgan.
Ta’kidlanishicha, “IndiGo” Hindistonning O‘zbekistonga havo yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ygan birinchi aviakompaniyasi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan “IndiGo” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan, keyinchalik esa diplomatiya missiyasi ko‘magida O‘zbekiston Transport vazirligi va hind aviatashuvchisi mas’ul xodimlari o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil etilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0