Mirziyoyev Hindistondagi poyezd halokati munosabati bilan Murmu va Modiga ta’ziya yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2023
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Hindistonda ro‘y bergan temir yo‘l halokati munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
"Davlat rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi", deb yozadi Asadov.
Eslatib o‘tamiz, Hindiston sharqida 2-iyun kuni tunda poyezdlar to‘qnashuvi sodir bo‘ldi, oqibatda halok bo‘lganlar soni 288 nafarga, jarohat olganlar esa 900 dan ortdi. Odisha shtatida Kalkuttadan Chennayga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi. Odamlar bo‘lgan 10-12 vagon zarba natijasida relsdan chiqib ketgan va qarama-qarshi yo‘lga qulagan.
Vid mesta krusheniya poyezdov v Indii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2023
Hindistondagi fojia: poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 280 dan ortiq odam halok bo‘ldi — foto
Yangiliklar lentasi
0