https://oz.sputniknews.uz/20230601/namangan-palov-tanlov-35582576.html
Namanganda antiqa palov tanlovi o‘tkazildi
Namanganda antiqa palov tanlovi o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Tanlov “Afsonalar vodiysi” tematik parkida 4 kun mobaynida o‘tkazildi.
2023-06-01T16:18+0500
2023-06-01T16:18+0500
2023-06-01T16:32+0500
madaniyat
o‘zbekiston
namangan
xalqaro gullar festivali
palov
tanlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/01/35582789_0:68:1280:788_1920x0_80_0_0_c4d96956d7cf91962a76ceb65ede8ec5.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Namanganda 62-Xalqaro gullar festivali doirasida “O‘zbegim palovi madaniyati” tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Tanlov “Afsonalar vodiysi” tematik parkida 4 kun mobaynida o‘tkazildi.Tanlovda oshning barcha turlarini tayyorlashga e’tibor qaratildi. Devzira, cho‘ng‘ara, lazer guruchlarida qazili, kavatakli, sarimsoqpiyozli, golubsili oshlar pishirildi.Shuningdek, oshxona va restoranlardagi xizmat qilish tajribalari ham ko‘rsatildi. Final bosqichi ishtirokchilari belgilangan vaqt oralig‘ida osh tayyorlab, hakamlar hukmiga havola etdi.“Eng yosh oshpaz”, “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi”, “Eng mazali o‘zbek taomi”, “Eng mazali kavatakli osh”, “Eng mazali sarimsoqpiyozli osh”, “Faol ishtiroki uchun” kabi nominatsiyalar belgilanib, g‘oliblariga diplom, esdalik sovg‘alari topshirildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/01/35582789_70:0:1210:855_1920x0_80_0_0_4f03501bedb0bc2a11301f44aac0bf83.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
namangan “o‘zbegim palovi madaniyati”
namangan “o‘zbegim palovi madaniyati”
Namanganda antiqa palov tanlovi o‘tkazildi
16:18 01.06.2023 (yangilandi: 16:32 01.06.2023) Tanlov “Afsonalar vodiysi” tematik parkida 4 kun mobaynida o‘tkazildi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Namanganda 62-Xalqaro gullar festivali doirasida “O‘zbegim palovi madaniyati” tanlovi o‘tkazildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Tanlov “Afsonalar vodiysi” tematik parkida 4 kun mobaynida o‘tkazildi.
Musobaqada 100 dan ortiq oshpazlar qatnashdi, uning final bosqichi eng mahoratlilar o‘rtasida kechdi. Namangan shahridagi “Beshchinor” oshxonasining yosh oshpazi Yaxoxon Abdulxayev bitta qozonda 2 xil osh tayyorladi.
Tanlovda oshning barcha turlarini tayyorlashga e’tibor qaratildi. Devzira, cho‘ng‘ara, lazer guruchlarida qazili, kavatakli, sarimsoqpiyozli, golubsili oshlar pishirildi.
Shuningdek, oshxona va restoranlardagi xizmat qilish tajribalari ham ko‘rsatildi. Final bosqichi ishtirokchilari belgilangan vaqt oralig‘ida osh tayyorlab, hakamlar hukmiga havola etdi.
“Eng yosh oshpaz”, “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi”, “Eng mazali o‘zbek taomi”, “Eng mazali kavatakli osh”, “Eng mazali sarimsoqpiyozli osh”, “Faol ishtiroki uchun” kabi nominatsiyalar belgilanib, g‘oliblariga diplom, esdalik sovg‘alari topshirildi.