Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga yangi vakolatlar berilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2023
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish huquqi beriladi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining qirq birinchi yalpi majlisida “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilindi.
Qonun bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi 7 ta moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar tegishliligi belgilanmoqda.
Bu ishlarni ko‘rib chiqishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo qo‘llashga haqli bo‘lgan mansabdor shaxslar, shuningdek, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzishga haqli bo‘lgan ushbu organlar tuzilmalarining mansabdor shaxslari belgilanmoqda.
Shu bilan birga ichki ishlar va milliy gvardiya organlari mansabdor shaxslariga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ba’zi huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish vakolati berilmoqda.
Senat raisi Tanzila Narbayevaning so‘zlariga ko‘ra, xususan, ekologiya, atrof muhitga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytirildi. Biroq javobgarlikni so‘zsiz ta’minlash uchun aniq mexanizmlarni ham belgilab berish zarur.
“Zero, aybdor shaxslarga nisbatan o‘z vaqtida javobgarlik choralarini qat’iy qo‘llanilmasligi ularda qonun talablariga bepisandlikni va qonunchilikda belgilangan “javobgarlikning muqarrarligi” prinsipi buzilishini ham keltirib chiqaradi. Qonun bilan aynan shu muammolar hal etilmoqda”, - dedi Senat raisi.
Qonunning qabul qilinishi tabiiy resurslarni, ya’ni suv obyektlariga oqova suvlarni oqizish, yer usti suvlarini, atmosfera havosini hamda atrof-muhitni chiqindilar bilan ifloslantirish holatlarini keltirib chiqaruvchi obyekt yoki subyektlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rilishini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Vivoz musora - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2023
Toshkent viloyatida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
Yangiliklar lentasi
0