https://oz.sputniknews.uz/20230530/noqonuniy-chiqindi-fuqaro-jarima-35497366.html
Toshkent viloyatida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
Toshkent viloyatida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
Sputnik O‘zbekiston
Noqonuniy tarzda chiqindi tashlagan fuqaro 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
2023-05-30T13:57+0500
2023-05-30T13:57+0500
2023-05-30T13:57+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent viloyati
jarima
chiqindixona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/609/66/6096607_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_412a15feadc57c375d59420d91dae988.jpg
TOShKENT, 30-may - Sputnik. Toshkent viloyatida fuqaro belgilanmagan joyga noqonuniy tarzda chiqindini tashlagani uchun 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar berdi Tabiat resurslari vazirligi.Ma’lum bo‘lishicha, 29-may kuni viloyatning Yangiyo‘l shahri, Yangibog‘ MFY xududida davlat raqami “10 C 335 BA” bo‘lgan “Damas” rusumli avtotransportni boshqarib kelayotgan fuqaro belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan. Mazkur jarayon Tabiat resurslari vazirligi tomonidan o‘rnatilgan maxsus kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.Xabarda aytilishicha, xuquqbuzar tashlangan chiqindini o‘zi tozaladi. Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda vazirlik tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi noqonuniy chiqindi tashlanadigan xududlarda 25 ta zamonaviy maxsus kameralar o‘rnatilgan. Ular dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan onlayn rejimda kuzatilmoqda.Shuningdek, ayni paytda yana qo‘shimcha 200 ga yaqin kuzatuv kameralarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Kelgusida esa bu kabi kameralar butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/609/66/6096607_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_936000ab812480b04fdfa224b6be86f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston toshkent viloyati chiqindi jarima
o‘zbekiston toshkent viloyati chiqindi jarima
Toshkent viloyatida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
Noqonuniy tarzda chiqindi tashlagan fuqaro 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
TOShKENT, 30-may - Sputnik. Toshkent viloyatida fuqaro belgilanmagan joyga noqonuniy tarzda chiqindini tashlagani uchun 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi, deya xabar berdi
Tabiat resurslari vazirligi. Ma’lum bo‘lishicha, 29-may kuni viloyatning Yangiyo‘l shahri, Yangibog‘ MFY xududida davlat raqami “10 C 335 BA” bo‘lgan “Damas” rusumli avtotransportni boshqarib kelayotgan fuqaro belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan. Mazkur jarayon Tabiat resurslari vazirligi tomonidan o‘rnatilgan maxsus kuzatuv kameralari orqali aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, xuquqbuzar tashlangan chiqindini o‘zi tozaladi. Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda vazirlik tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi noqonuniy chiqindi tashlanadigan xududlarda 25 ta zamonaviy maxsus kameralar o‘rnatilgan. Ular dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan onlayn rejimda kuzatilmoqda.
Shuningdek, ayni paytda yana qo‘shimcha 200 ga yaqin kuzatuv kameralarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Kelgusida esa bu kabi kameralar butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatiladi.