O‘zbekistonning yana uch viloyati yoga festivallarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda

© Ministerstvo razvitiya sporta Respubliki UzbekistanFestival yogi
Festival yogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Hindistonda faoliyat yuritayotgan sport murabbiylari tajriba almashadi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi janob Manish Prabhat o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo razvitiya sporta Respubliki UzbekistanAdxam Ikramov
Adxam Ikramov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish, yoga sport turi bo‘yicha ommaviy tadbirlarni tashkil etish hamda O‘zbekiston va Hindistonda faoliyat yuritayotgan sport murabbiylari o‘rtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Xabarda aytilishicha, avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hamda Toshkent shahrida yoga sporti bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazilgan.
Endilikda Buxoro, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari ham bu kabi festivallarni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2021-yil 21-iyunda Toshkent shahrida xalqaro yoga festivali o‘tkazilgan. Unda 600 dan ziyod ko‘ngillilar ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0