https://oz.sputniknews.uz/20230531/maktab-direktori-orinbosari-tanlash-35552817.html
Endi maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarini tanlash huquqi beriladi
Endi maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarini tanlash huquqi beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Makab direktori o‘z o‘rinbosarini ishga qabul qilishi va ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi.
2023-05-31T16:47+0500
2023-05-31T16:47+0500
2023-06-01T11:52+0500
jamiyat
o‘zbekiston
maktab
maktab direktori
yangi ish o‘rinlari
ish
yangi farmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0e/14969152_0:114:1200:789_1920x0_80_0_0_a3f54bbf8bec66d9341edfed87b3d332.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Shu yilning 1-sentabrdan maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqi beriladi. Bu 26-may kuni imzolagan prezidentning PF–79-sonli farmonida nazarda tutilgan.Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-sentabrdan makatab direktorlariga ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi.Hujjat bilan, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktab faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi. Hududlarda eng tajribali maktab direktorlaridan iborat Direktorlar kengashlari tuziladi. Maktab direktorlari kengash tavsiyasiga asosan hududiy boshqarmalar tomonidan ochiq tanlov asosida lavozimga tayinlanadi.2024 yil 1-yanvardan esa maktab direktorlarini har 5-yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.2023/2024 o‘quv yilidan “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilinadi.Farmonga muvofiq, quyidagilar bekor qilinadi:Shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo‘yiladi. Maktablarning har o‘quv yili uchun qabul rejasi https://my.maktab.uz/электрон platformasida shakllantiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20230525/bola-maktab-onlayn-hisob-35342832.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0e/14969152_191:129:1070:789_1920x0_80_0_0_f70d931185bd57b09e21baeffa24f237.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston maktab direktor o‘rinbosar ishga qabul yangi farmon
o‘zbekiston maktab direktor o‘rinbosar ishga qabul yangi farmon
Endi maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarini tanlash huquqi beriladi
16:47 31.05.2023 (yangilandi: 11:52 01.06.2023) Makab direktori o‘z o‘rinbosarini ishga qabul qilishi va ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Shu yilning 1-sentabrdan maktab direktoriga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish huquqi beriladi. Bu 26-may kuni imzolagan prezidentning
PF–79-sonli farmonida nazarda tutilgan.
Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-sentabrdan makatab direktorlariga ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi.
Hujjat bilan, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining maktab faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi. Hududlarda eng tajribali maktab direktorlaridan iborat Direktorlar kengashlari tuziladi. Maktab direktorlari kengash tavsiyasiga asosan hududiy boshqarmalar tomonidan ochiq tanlov asosida lavozimga tayinlanadi.
2024 yil 1-yanvardan esa maktab direktorlarini har 5-yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Bunda sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.
2023/2024 o‘quv yilidan “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilinadi.
Farmonga muvofiq, quyidagilar bekor qilinadi:
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar) ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti;
jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy bo‘limlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yo‘llanma berish tartibi.
Shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan boshlab bola tug‘ilganidan so‘ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo‘yiladi. Maktablarning har o‘quv yili uchun qabul rejasi
https://my.maktab.uz/elektron platformasida shakllantiriladi.