Birinchi iyundan nimalar o‘zgarmoqda

© Sputnik / Stas Etvesh / Vishnyakova MariyaBirinchi iyundan nimalar o‘zgarmoqda
Birinchi iyundan nimalar o‘zgarmoqda
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
Vafot etgan harbiylar oilalariga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi, "Yashil sertifikatlar" tizimi joriy etiladi, tibbiyot muassasalari tug‘ilganlik FHDYo bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida QR-kodli ma’lumotnoma beradi – batafsil maqolada.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. 2023 yil 1-iyundan O‘zbekiston qonunchiligida qator o‘zgarishlar kuchga kiradi.
Vafot etgan harbiylar oilalariga qo‘shimcha imtiyozlar
1 iyundan
halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari maktabgacha ta’lim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha ta’lim olishi ta’minlanadi;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga yiliga 2-marta temir yo‘l va havo yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.
"To‘maris izdoshlari"
Yoshi 18 dan kichik va 30 dan katta bo‘lmagan, umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni ko‘ngilli asosda jalb qilish orqali “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati tashkil etiladi.
Mazkur guruhlarning asosiy vazifalaridan biri o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq masalalarni aniqlashda ko‘maklashish hisoblanadi.
"Yashil sertifikatlar" tizimi

Mahsulotlarni ishlab chiqarishda ekologiya va atrof-muhitga ta’sirni cheklash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar asosida "yashil sertifikatlar" tizimi joriy etiladi.
Milliy tanlov

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan har yili:
- “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazib boriladi;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari, ayollar huquqlari, bola huquqlari va migrantlar huquqlari yo‘nalishlarida faoliyati mazkur shaxslar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarda o‘quv kurslari va seminar-treninglar tashkillashtiriladi.
Yangicha “metrika”
Tibbiyot muassasalari tomonidan tug‘ilganlik FHDYo bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida QR-kodli ma’lumotnoma beriladi. Bu ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Guvohnoma esa fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo bo‘limlari tomonidan rasmiylashtirib beriladi.
Onlayn subsidiya
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi barcha subsidiyalar “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiya vositalarini ijarada joylashtirish

1 iyundan boshlab amalga kiruvchi reglamentga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalari, bino va inshootlarda telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish shartnomasini rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- telekommunikatsiya operatori yer uchastkalari yoki binolarni ijaraga olish bo‘yicha talabnomani elektron shaklda axborot tizimi orqali to‘ldiradi, kelishuv ma’lumotlari hamda manzil va koordinatalarini kiritadi;
- vakolatli organlar uch kun ichida telekommunikatsiya vositalarini tegishli manzilda joylashtirishni kelishadi yoki kelishishni rad etadi;
- telekommunikatsiya operatori ikki kun ichida ijara shartnomasi ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritadi va mulk huquqidagi yer uchastkalari yoki bino mulkdori o‘rtasida ijara shartnomasini axborot tizimi orqali imzolaydi (axborot tizimi orqali imzolash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, shartnoma qog‘oz ko‘rinishida imzolanadi).
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar bekor qilinmoqda?
Yangiliklar lentasi
0