O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar bekor qilinmoqda?

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
Birinchi iyundan yangi Konstitutsiyaga muvofiq mulk huquqini himoya qiluvchi yangi qonunlar kuchga kiradi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilning 1-iyunidan boshlab bir qator cheklov va talablar bekor qilinmoqda. Bu borada may oyining boshida imzolangan prezident farmonida aytib o‘tilgan.
Mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilar bekor qilinadi:
to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi;
chakana savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining faoliyat ko‘rsatish vaqtiga nisbatan cheklovlar.
Undan tashqari, mazkur farmoniga muvofiq, 2023-yilning iyul oyi davomida fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yangi mexanizmlarini joriy qilish va Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi qonunni bekor qiluvchi yangi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish ham belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0