O‘zbekiston sirk ustalari Hindistondagi xalqaro festivalda ishtirok etmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMolodejniy festival sirkovogo iskusstva v Tashkente
Molodejniy festival sirkovogo iskusstva v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2023
Obuna bo‘lish
Festivalda Hindiston va O‘zbekiston vakillaridan tashqari Efiopiya, Qirg‘iziston va rossiyalik san’atkorlar ham ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekiston sirk ustalari Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro sirk festivalida ishtirok etmoqda, deb xabar berdi "Dunyo" AA.
Xalqaro festival doirasida mamlakatning Mumbay, Bangalor va boshqa shaharlarida sirk ustalarining rang-barang dasturlari namoyish etildi.
Dehlida ham ular to‘rt kun davomida sirk ixlosmandlari va yozgi ta’tilga chiqqan maktab o‘quvchilarini o‘zlarining yorqin chiqishlari bilan mamnun qilmoqda.
Festivalda Hindiston va O‘zbekiston vakillaridan tashqari Efiopiya, Qirg‘iziston va rossiyalik san’atkorlar ham ishtirok etmoqda.
“Dasturlarda jonglorlik, bir g‘ildirakli velosiped va xalqalarda mashqlar namoyish qilish, akrobatlar va masxarabozlar chiqishlari kabi an’anaviy nomerlar bilan bir qatorda, shuningdek, har bir ishtirokchi davlat sirk san’atining o‘ziga xos milliy jihatlari o‘rin olgan”, deyiladi xabarda.
San’at bayrami tashkilotchilarining asosiy g‘oyasi xalqaro ijodiy hamkorlikni rag‘batlantirish va o‘zaro ilg‘or texnik nou-xaular bilan almashishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0