Endi yoqilg‘i-energetikadagi qoidabuzarlikni tasvirga olganlarga pul mukofoti beriladi

© Depositphotos / TatiantmarieNatsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum
Natsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilmaydi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PF–77-sonli farmonda nazarda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini to‘liq joriy etish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2023 yil 1-sentabrdan:
aholi tomonidan Energetika vazirligining Internetdagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar yoki videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonun buzilishi aniqlanganda, prokuratura organlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslarga qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish to‘g‘risida talabnoma kiritiladi.
Shuningdek, O‘zenergoinspeksiya faoliyatiga “Energonazorat” platformasi hamda uning mobil ilovasining sinov versiyasi 2024-yil 1-martgacha tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida, 2024-yil 1-oktabrgacha to‘liq versiyasi joriy etiladi.
Elektrik ustanavlivayet sovremenniy elektroschetchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
Endi elektr, issiqlik, gazdan noqonuniy foydalanganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0