https://oz.sputniknews.uz/20230314/noqonuniy-foydalanish-32872272.html
Endi elektr, issiqlik, gazdan noqonuniy foydalanganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Endi elektr, issiqlik, gazdan noqonuniy foydalanganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilandi, ularga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
2023-03-14T11:55+0500
2023-03-14T11:55+0500
2023-03-14T11:55+0500
jamiyat
o‘zbekiston
uy-joy kommunal xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1224/79/12247955_0:373:2315:1675_1920x0_80_0_0_ce9b4c4a870cce2dcb2721a85c53fb31.jpg
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilandi, ularga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu haqda O‘RQ–822-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.Quyidagi holatlar o‘g‘rilik hisoblanadi:Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.Ma’muriy jazo choralari:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1224/79/12247955_0:156:2315:1892_1920x0_80_0_0_fc5bf545dfd22f467c0591c8bd32bb69.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
noqonuniy foydalanish gaz svet jazo o‘zbekiston
noqonuniy foydalanish gaz svet jazo o‘zbekiston
Endi elektr, issiqlik, gazdan noqonuniy foydalanganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanganlar besh yilgacha qamalishi mumkin.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilandi, ularga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin. Bu haqda O‘RQ–822-sonli qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritildi. Quyidagi holatlar o‘g‘rilik hisoblanadi:
umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish;
elektr energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish;
hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yo‘li bilan talon-toroj qilish.
Mazkur huquqbuzarlik uchun 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlikni oz miqdorda sodir etgan shaxslarga ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olish.