TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya tomonidan loyihalashtirilgan atom elektr stansiyasini (AES) qurish bo‘yicha shartnomaning asosiy shartlari bo‘yicha kelishuv yuqori darajada tayyor, deb xabar berdi RIA Novostiga Rossiya TIV axborot va matbuot departamenti.
AES bo‘yicha Bosh shartnomaning asosiy shartlari bo‘yicha kelishuv imzolangan.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiya tomonidan loyihalashtirilgan atom elektr stansiyasini (AES) qurish bo‘yicha shartnomaning asosiy shartlari bo‘yicha kelishuv yuqori darajada tayyor, deb xabar berdi RIA Novostiga Rossiya TIV axborot va matbuot departamenti.
"Ikki tomonlama hamkorlikning eng muhim yo‘nalishi bu — energetika. Iqtisodiy munosabatlarimizning flagman loyihasi — O‘zbekistonda Rossiya tomonidan loyihalashtirilgan atom elektr stansiyasini qurishdir. Bosh shartnomaning asosiy shartlari bo‘yicha kelishuv imzolangan, tayyorgarlik darajasi yuqori”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekistonda AES qurish loyihasi
O‘zbekiston va Rossiya orasida 2017-yilda ikkita VVER-1200 atom energoblokini qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Ikki yildan so‘ng Jizzaxda qurilish uchun maydon tanlandi va seysmologik, gidrologik, meteorologik va ekologik parametrlar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ila boshlangan edi.
Rejaga ko‘ra, “Rosatom” davlat korporatsiyasi va “O‘zatom” agentligi hamkorligida qurilayotgan atom elektr stansiyasi yiliga qariyb 3 milliard kub metr gazni tejaydi. Shuningdek, stansiya qurilishi va foydalanish davrida 8 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.