Zelenskiy tinchlik so‘ramoqda – faqat Rossiyasiz

© AP Photo / © AP Photo / Michal DyjukVladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto
Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2023
Obuna bo‘lish
Amerika dushmani bo‘lish qiyin, lekin unga do‘st bo‘lish — o‘limga teng. Yugoslaviya, Iroq, Afg‘oniston va Ukraina bunga misol.
Ukraina Qurolli kuchlarining qishdan beri e’lon qilingan "qarshi hujumi" kutilmaganda sodir bo‘ldi. Ukraina Oliy qo‘mondoni to‘satdan “Katta yettilik” mezbonlaridan tinchlik sammitini o‘tkazishni va uning “tinchlik rejasi”ni muhokama qilishni so‘radi.
Bugun Xirosimada G7 yig‘ilishi boshlanadi va u yerda haqiqatan ham qandaydir tinchlik tortishuvlari o‘tkazilishi ehtimoli bor. Lekin Kiyevning istaklarini Rossiyasiz muhokama qilish bu ma’nisiz safsatadan boshqa narsa emas.
“Katta yettilik” yetakchilari istagan mavzularni muhokama qilishi va har qanday qarorni qabul qilishlari mumkin, biroq bu Moskvaning harakatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu vaziyatda G‘arbning yetakchi siyosatchilari bizning baxtsiz muhojirlarimizga o‘xshab qoladilar: ular ham turli sammitlarga yig‘ilishni, Rossiyani nima qilishni muhokama qilishni va qandaydir qarorlar qabul qilishni yaxshi ko‘rishadi, lekin hech kim ularga quloq solmaydi va ularning qarorlari hech kimga kerak emas.
Aslida, Zelenskiyning bayonoti – bu shunchaki yordam chaqirishdir. Uning “g‘alati urushi” Ukrainani butunlay charchatib qo‘yganga o‘xshaydi. Bir paytlar SSSRning eng boy respublikasi bo‘lgan mamlakat iqtisodiyoti endi yo‘q. Buning o‘rniga, yetti avlodiga to‘laydigan qarzlar qolgan. Ammo Ukrainada, ular haligacha Moskvadan ozod bo‘lgach, "Fransiyadagi kabi" yashashlariga ishonishdi.
Iqtisodiyot nima! Davlatning eng muhim resursi, fuqarolari tugab bormoqda. Faqat mehnatga layoqatli 5,5 millionga yaqin ukrainaliklar xorijga chiqdi. Bundan tashqari, bu fuqarolar o‘zlari bilan qaramog‘idagi shaxslarni — bolalar va ota-onalarni ham olib ketishgan. Ma’lum bo‘lishicha, atigi bir yil ichida Nezalejnaya urushgacha bo‘lgan barcha aholining deyarli uchdan bir qismi "mamlakatdan chiqib ketgan". Yana bir necha million kishi o‘z shahar va qishloqlari bilan birga qo‘shiqlar ostida Rossiyaga ketishdi. Va bu aslida armiyadagi yo‘qotishlarni hisobga olmaydi – Amerika nashrlariga ko‘ra, bir yil ichida UQKning 300 mingdan ortiq askarlari halok bo‘lgan.
Bugun sobiq Ukraina SSR bilan sodir bo‘layotgan voqealar Amerika bilan do‘stlikning klassik namunasidir. Albatta, AQSh bilan dushmanlik qilish yoqimsiz, lekin do‘st bo‘lish — o‘limga teng. So‘nggi o‘ttiz yil davomida amerikaliklar buni butun dunyoga ochiq namoyish qilishdi.
Dastlab ular Yugoslaviyaga demokratiya olib kelishdi - mamlakat dunyo xaritasidan g‘oyib bo‘ldi. Keyin demokratiya Iroq, Liviya, Afg‘onistonga olib borildi — natijada u yerlarda dahshat hukm surmoqda. Amerikaliklarning ittifoqchilari va eng yaxshi do‘stlari o‘nlab yillar davomida hokimiyat tepasida turishi natijasida bu hududlardagi yashashni “itning kuni” deyish mumkin xolos.
Bu butun dunyoga qoloq xalqlar bilan oq janoblarning hech qanday ko‘rinishda “demokratiya” qura olmasligining dalolati sifatida taqdim etiladi. Aslida, bu shunchaki bahona. Amerikaliklar hech qachon demokratiya qurishni rejalashtirmagan. Mamlakatni vayron qilish, tartibsizlikka solish, aholini mamlakatdan boshi bilan qochib ketadigan darajaga yetkazish – asl niyat ana shu.

"The Washington Post" yozishiga ko‘ra, 11-sentabrdan keyin AQSh bosqinlari natijasida dunyo bo‘ylab 4,5 milliondan ortiq kishi vafot etgan. Ular oddiy fuqarolar edi. Ularga o‘n millionlab qochqinlarni, vayron bo‘lgan sanoat tarmoqlarini, o‘lik iqtisodlarni qo‘shing - bu AQSh tashqi siyosatining haqiqiy natijasi bo‘ladi. Yer yuzidan davlatlarni yo‘q qilish, millionlab odamlarni o‘ldirish orqali amerikaliklar o‘zlarining tugab borayotgan imperiyasini qo‘llab-quvvatlab turdilar.

Ular Ukrainadan ham Afg‘onistonni yasashdi, faqat buni ayyorlik bilan bajarishdi — mamlakat elitasini sotib olishdi va 2014-yilda davlat to‘ntarishi uyushtirishdi. Ukrainaliklar, o‘zlariga xos ravishda, Sem amakini laqqa tushiramiz, ham pulini olamiz ham halokatdan qochib qolamiz deb o‘ylashgan edi. Ammo bu shunday bo‘lmadi — ular juda tajribali yigitlarga duch kelishdi.
Natijada Nezalejnaya bugun vayronaga aylangan va uning top-menejeri esa o‘z egalaridan dam berishni so‘ramoqda: urushga jo‘natadigan odam qolmadi. Qarshi hujumni kechiktirish, tinchlik rejasi va tinchlik sammitini talab qilish — bularning barchasi bitta operadan.

Biroq Zelenskiyning amerikalik ustalari uni osonlikcha qo‘yib yuborishmaydi. Ularning fikricha, Ukrainadan hali ham foydalanish mumkin, Yevropadagi hali barcha maqsadlarga erishilmagan.

Vashingtonning ushbu maqsadlari 2015-yilda, Kiyevdagi to‘ntarishdan ko‘p o‘tmay, taniqli Stratfor tahliliy markazi asoschisi, siyosatshunos Jorj Fridman tomonidan e’lon qilingan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun amerikaliklar Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni zudlik bilan uzishi kerak.
Bu maqsad allaqachon tugallangan. Birinchidan, Ukrainadagi mojaroning qo‘zg‘atilishi, keyin "Shimoliy oqim"ning portlashi, Germaniyani Kiyev rejimiga qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun shantaj qilish va Donbassdagi nemis tanklari – Rossiya-Germaniya munosabatlarini barbod qildi.

Endi Fridman rejasiga ko‘ra, amerikaliklar Germaniya va Rossiya o‘rtasida chegaralangan hududlarni birlashtirib, mamlakatimizga qarshi kurashishga tayyor bo‘lgan bufer hududini qurishi kerak. Bu mashhur Ikkki dengiz orasi (Mejdumorye, Intermarium) loyihasi. Amerikaliklar ushbu loyihaga polyaklar nazorati ostida Boltiqbo‘yi davlatlari, Ukraina, Moldova va hatto Belarusiyani birlashtirmoqchi.

Fridmanning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa "kurashga mahkum". Eski Dunyo mamlakatlari ham qandaydir ravishda safarbarlikdan qochishi mumkin bo‘lsa, Polsha boshchiligidagi YeIning yangi a’zolari allaqachon Sharqiy jabhada kutishmoqda. Bu esa Sharqiy Yevropani Ukraina taqdiri kutayotganini anglatadi – amerikaliklar u yerlarni ham ana shunday xarobaga aylantiradi.
Uzoq yillar oldin, AQSh iste’mol bozori eng badavlat bo‘lgan vaqtlarda, amerikaliklar o‘z vassallariga unga kirish huquqini sotishdi. Urushdan keyingi Yaponiya, Janubiy Koreya va GFRning tez iqtisodiy o‘sishi fenomeni ham ana shundan kelib chiqqan edi.
Biroq hozir Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyoti yomon va Marshallning barcha rejalari unutilgan. Bugun amerikaliklar o‘z ittifoqchilari va do‘stlarini "Ukraina"ga aylantirmoqda - urushdan vayron bo‘lgan, xo‘rlangan, hududlar bo‘laklariga aylangan.
“Katta yettilik” sammiti Xirosimada o‘tayotgani ramziy ma’noga ega. Bu barcha mamlakatlarga Vashingtondan nima kutish kerakligini eslatib turadi.
Yangiliklar lentasi
0